Darsning borishi
I. Chaqiruv bosqichi. Guruhlar taqdimoti.
Bunda har bir guruh o'z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib
ko'rsatishi ham mumkin.
1-guruh - „Qorparcha": Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog'u tosh,
dala-dashtda uchib, o'ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan
o'rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo'ron o'ynaydi, qorbobo yasashadi.
Qorxat yozishadi.
2-guruh — „Ayozbobo": Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman.
Men tufayli yaxmalaklar paydo bo'ladi. Bolalar yaxmalakda chang'ida, chanada va konki
uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo'ladi.
3-guruh -,, Qorbobo ": Men qish faslida bolalarning eng sevimli bo-bosiman. Uzoq-
uzoq o'lkalardgan ularga yangi yil bayrami sovg'alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning
kuy-qo'shiqlari, o'yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli
Ayozboboning izg'irin, sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag'ishlayman.
Hammangizni yangi qutlug' yilingiz bilan tabriklayman.
4-guruh - „Sumalak": Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. Tomlarning
bo'g'otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan bolalarning o'yin-kulgilarini
tomosha qilaman. Borib bolalarga qo'shilib o'ynay olmaganimdan ko'zlarimdan chak-chak
yoshim oqadi. Shu ko'z yoshlarim bilan yerning dardlariga malham bo'laman.
5-guruh - „Qish": Yuqoridagi so'zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular
tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari
mening qo'ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab
berganman.
8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-dekabrda Yangi yil
bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kuni bayram qilinadi.
9-fevralda ulug' bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning tavallud
kuni nishonlanadi.
O'qituvchi o'quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni rag'batlantiradi. Shu
tarzda asarni o'qishga tayyorgarlik yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |