3. Maqollar yuzasidan rebus yechish.
1) [oltin rasmi] [o't rasmi]da bi![in rasmi] [ari rasmi] (rd), [odam rasmi] — [mehnat
qilayotgan kishi rasmijda.
2) [ko'z rasmi] (k)i [100] sizning [ko'z rasmi] (ks)i [tuz]siz.
3) Bol[ari rasmi] (rg) [to'r rasmi] (tz) [l]ni yi[qor rasmi](oa), [bol] (oi)imi [bo'r rasmi]
(bz) [1000]ni.
III. Fikrlash bosqichi. Maqsad: o'quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini
mustahkamlash, nutqda maqollardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, xulosa
chiqarishga o'rgatish.
Metod: Aqliy hujum, suhbat metodi.
1. Aqliy hujum.
— Qaysi mavzulardagi maqollarni o'qidingiz?
— Maqollar qanday paydo bo'lgan?
2. Maqollardan yod aytish musobaqasi.
1-guruh. Mehnatsevarlik haqidagi maqollardan ayting. 2-guruh. Vatanparvarlik haqidagi
maqollardan ayting. 3-guruh. To'g'riso'zlik haqidagi maqollardan ayting. 4-guruh. Do'stlik
haqidagi maqollardan yod ayting.
3. Mustaqil ijodiy ish.
Har bir guruhga bitta maqol beriladi. Guruh ishtirokchilari birga-likda oxiri berilgan
maqol bilan xulosalanadigan hikoya tuzib yozishadi. O'qituvchi guruhlarga quyidagi
maqollarni bo'lib berishi mumkin:
1) Hamjihatlik — davlat, Yolg'izltk - kulfat.
2) Ilmi yo'qning ko'zi yumuq.
3) Odobli — elda aziz.
4) Hunar bo'lsa qo'lingda, non topilar yo'lingda.
Hikoyani ertak tarzida yoki hayotda uchraydigan biror voqea tarzida yozish bo'yicha
maslahat va yordam beriladi. Masalan, „Odobli — elda aziz" maqoli asosida taxminan
quyidagicha hikoya tuzish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |