12
— stabil guruhga aylantirish, ijtimoiy stabil guruhini ijtimoiy — istiqbolli guruhlarga o‘tkazish
hisobiga kengaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, ijtimoiy — istiqbolli guruhlar stabilligini
saqlashdan iborat.
Ko‘plab tadqiqotchilarning fikricha amaliy faoliyatning bir soxasi sifatida ijtimoiy
pedagogika integrativ — ta’limning, adabtiv — korrektsion, ekspressiv — yo‘naltiruvchi, nazorat
— sanksionerlarni amalga oshiradi. Ularning o‘zaro birlashuvi o‘zgartiruvchi vazifa bilan shaxsiy
pedagogik yo‘naltiruvchi kuchga ega bo‘ladi. Yuqoridagi vazifalarga muvofiq ijtimoiy
pedagogikani ob’ektiv — mavzu soxasi va maqsadli yo‘nalishi bilan birga uning vazifalari
belgilanadi. Ular adabtatsiya, reabilitatsiya, mobilizatsiya, kompensatsiya, profilaktika, korreksiya,
stabilizatsiya, nazorat, targ‘ibot, maorif, ma’muriy va boshqalardan iborat.
Ijtimoiy pedagogika juda keng imkoniyatlar maydoniga ega bo‘lib, davlat va jamiyatning
tuzilma elementlari bilan belgilanadi.
Davlat tizimida u o‘zining ta’sirini ta’lim institutlariga, sog‘liqni saqlashga, madaniyat, fan,
ishlab chiqarish, boshqaruv organlari, ijtimoiy ximoya organlari va sotsiumning boshqa
institutlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bundan tashqari u axolini turli ijtimoiy guruhlarga ijtimoiy birlashmalar, harakatlar va
tashkilotlar, shuningdek diniy muassasalarga, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolar
jamiyatining ijtimoiy institutlariga ta’sir o‘tkazadi.
Jumladan, biznes soxasida ijtisoiy pedagogika kichik, o‘rta va katta biznes korxonalariga
xomiylik qiluvchilar turli ko‘rinishda vosita sifatida ta’sirini o‘tkazishi mumkin, eng muhimi ushbu
soxa ichida ishlovchi va ishlamaydigan axoli uchun ijtimoiy dastur korxonasini shakllantirish,
shuningdek ijtimoiy sohani rivojlantirishda ushbu sektor - investitsiyasini jalb etishdan iborat.
Funksional jihatdan bunday ta’sir butunicha ijtimoiy muhitni pedagoglashtirishda, sotsiumning turli
institutlarini pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ijtimoiy — pedagogik faoliyatni asosiy umumiy va
o‘ziga xos texnologiyasi aniqlanadi va tahlil etiladi. Umumiy texnoligiya ichida — ijtimoiy
pedagogik tashxis, baholovchi, prognoz qilish, modellashtirish, yaxlitlash dasturlari mavjud. Ushbu
dasturlarda qayta aloqa va ijtimoiy — pedagogik faoliyatning bilish va qayta o‘zgartiruvchi
axborotlar bilan ta’minlash texnologiyalari o‘z ifodasini topishi zarur. Bular birgalikda ijtimoiy
pedagogik faoliyatni texnologik jarayonining zanjirli siklini tashkil etadi. Unga xususiy (o‘ziga
xos); ijtimoiy — pedagogik adaptatsiya va reabilatatsiya, profilaktika va kompensatsiya, ta’minlash
va mobilizazatsiya, korreksiya va stabillashtirish, targ‘ibot — tashviqot texnologiyalarini hal etish
kiradi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlanishini o‘ziga xos hususiyatlari ishlab chiqilgan, sinab
qo’rilgan va amaliy faoliyatda qo‘llanilgan innovatsion ijtimoiy pedagogik modellar, aholini turli
guruhlar bilan ishlarini tashkil etish hisoblanadi. Amaliy ishlar tajribalarini umumlashtirish va
oddiy manbalarni shu jumladan pedagogika tarixi bo‘yicha manbalarni umumlashtirish 3 — ta
asosiy strategiya yo‘nalishini asoslash imkonini berdi va shunga muvofiq o‘z prinsiplari asosida
maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etishni ta’minlovchi ijtimoiy pedagogikani rolini ko‘rsatib
berdi. Birinchi strategiya — insonni sotsiumga kiritish, ya’ni uni ijtimoiylashtirish, ijtimoiy
tarbiyani shakllantirish, rivojlantirish. Ikkinchi strategiya — sotsiumni pedagoglashtirish (uning
pedagogik imkoniyatlarini to‘laligicha foydalanish, samaradorligini oshirish). Uchunchi strategiya
ijtimoiy — pedagogik faoliyat maqsadiga ko‘ra optimallashtirish prinsiplari asosida inson va
sotsium o‘zaro ta’sirini boshqarish. Shunga ko‘ra birinchi strategiya bilan u shaxsni ijtimoiy
rivojlantirish;
ikkinchi strategiyaga muvofiq ijtimoiy muhit pedagogikasi sifatida; nihoyat uchunchisiga
muvofiq ijtimoiy ish pedagogikasi sifatida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: