J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo‘shgan. U tibbiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga
qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog
M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o‘z “reglamentlari”da tarbiyaning halqparvar g‘oyalarini, insonga
faol shaxsga bo‘lganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon
etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana
Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari- muhit va pedagogik
ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o‘z faoliyatida
ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o‘z mablag‘lari evaziga yetimlar
uchun uylar ochgan.
XIX asr shunisi bilan harakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning
pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa; ikkinchidan psixologiya, isotsiologiya,
tibbiyot, falsafa kabi fanlarning yaqinlashuvi ro‘y bergan.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagilardan iborat bo‘lgan:
- ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
- ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- xayriya va o‘quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo‘yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi;
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini asosiy vazifa bo‘lgan bolalarning
huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika g‘oyasi, nazariyasi va
amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagogikani
rivojlantirishning bu boqichida tarbiya va ta’limning uzviy bog‘liqligi masalasi ilgari surilgan.
Bu borada ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir
qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Uning tashabbusi bilan Nyu-Lenarkda tashkil
etilgan “Inson harakterini tuzishni yangi instituti” ishchilarning turmush darajasini yaxshilash
maqsadida ta’limni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘lab olib borishni amalga oshirdi. Bundan
tashqari jahonda ilk marta didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy rivojlantirishga
qaratilgan ta’lim tarbiya muassasalari u tomonidan yaratilgan.
15
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar
berila boshlangan. Buyurtmalarda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor
me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish o‘z ifodasini
topgan. Buyurtmaning ortishini keltirib chiqargan sabab Yevropa va Amerika mintaqalarining
ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Zero, qishloq axolisining shaharga ko‘chib
o‘tishlari, g‘ayri axloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko‘payishiga olib kelgan.
Shu bilan birga Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning
yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning madaniylashuvini
talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taqoza etardi. XIX asr oxirida mustaqil
fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo‘ldi. Nemis pedagogi Fridrix
Disterveg tomonidan XX asrda ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
Shunday qilib, shu davrdan e’tiboran ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida
rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy
inqiloblar asri sifatida nom qoldirganligi tarixdan ma’lum. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy
va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylangan. Ilmiy inqiloblar o‘z navbatida ijtimoiy
pedagogikaning ham keyingi rivojiga ta’sirini ko‘rsatdi. Uning boshqa fanlar-psixologiya,
fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi-
XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish
zamonning eng global muammosiga aylandi. Mazkur muammoni yechimini topilishida Yevropalik
quyidagi pedagoglarning ta’limotlari ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |