Bolalar uchun ijtimoiy me’yorlarning o‘ziga xos xususiyati shuki, ular tarbiya omili
hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, ijtimoiy muhitga
kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Bu holatda tarbiyaning boshqarish
funksiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir
qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir.
Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar
muammolari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bu borada mamlakatimizda bunday bolalarning ta’lim – tarbiyasini tashkil etish borasida
e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu bolalarga yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish
shaxobchalari tashkil etilgan. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to‘lgan bolalarni
sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosani inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus
kasbiy bilim yurtlariga jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotchi M. A. Galaguzova tomonidan turli og‘ish turlarining tasnifi quyidagicha
tarzda berilgan bo‘lib, bu xol bolalar bilan ishlashda qulaylik tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: |