keyin foydalandik. Bunda turli so‘z turkumiga oid yasama so‘zlar yozilgan
kartochkalar o‘quvchilarga tarqatildi. To‘rt o‘quvchi “Ot”, “Sifat”, “Fe’l”, “Ravish”
nomlari yozilgan kartochkalarni olib to‘rtga ajratilgan parta yonida turdilar, qolgan
o‘quvchilarning o‘rni almshtirildi. Keyin shu so‘zlar ishtirokida kichik matn tuzish
topshirig’ini berdik. Kim ko‘p yasama so‘z qatnashtirib gap tuzsa, shu guruh g’olib
• Topgan yasama so‘zlarning asoslaridan qanday yana yasama so‘zlar hosil
Interfaol dars jarayonlari shunday tashkil etilishi kerakki, bunda barcha
talabalalar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining
ma’lum bir qismi talabalalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, so‘ngra sinfda har
tomonlama muhokama etiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari,
nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati
uni emotsional jihatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini
erkin bayon qila oladi. Interfaol usullar xilma-hil bo‘lib, qaysi metodni tanlash
o‘qituvchining o‘tayotgan mavzusi,darsning maqsadi va vazifalariga bog‘liq.
Interfaol mashg‘ulot - o‘qituvchi va talabalalar o‘zaro faol ishtirok etadigan
mashg‘ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon.
Innovatsion jarayonlarda interfaol metodlarning qo‘llanishi darslarda
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo‘sh
talabalalar ni ham bir oz bo‘lsa-da, o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga,
umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok
etishga undaydi. Talabalalar ni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan
usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun
darsga, mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li,
usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan
interfaol usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri
tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo‘llanmoqchi bo‘lgan interfaol usulini ko‘rib
bo‘lgach, o‘zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko‘rgazmalardan keragini
qirqib olib konvertga solib qo‘yishingiz, mavzularni o‘rgatishda ishlatishingiz
mumkin.
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik,
insonparvarlik printsiplarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-
odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni
mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning
tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.
Interfaol metodlar – o‘quv jarayonini muayyan shaklda loyihalashtirishdir.
Yangi pedagogik texnologiya esa an’anaviy dars qurilishini zamonaviy interfaol
usul, noan’anaviy shaklda o‘ziga xos qayta loyihalashtirishdir. Bu loyiha shuni
taqozo etmog‘i lozimki, avvallari o‘quvchi muallimdan bilimni tayyor holda olgan
bo‘lsa endilikda mashg‘ulotda qo‘yilgan turli muammoli topshiriqlarni bajarish
asnosida mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish, mantiqiy xulosa chiqarish orqali
boshqacha qilib aytganda muayyan darajada mehnat qilib bilim oladi. Shuningdek
ko‘nikma va malakalar ham mantiqiy fikrlashni talab qilgan mashqlar ta’limiy
o‘yinlar qiziqarli ijodiy ishlar vositasida hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: