O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
yo’nalishi 3-kurs talabasi Bozorova Maftunaning
“Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga
o‘rgatish” mavzusidagi
Qarshi-2016
Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish
REJA:
1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish
2. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari
3. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi
Bo‘lajak o‘qituvchi oldiga oldida til qoidalari va qonuniyatlarini yaxshi
bilish, kasbga oid fan asoslari bilan atroflicha tanishish, o‘zlashtirish talabi
qo‘yilgan. Bu talab “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar
tayyorlash miliy dasturi haqida”gi Qonunlar, qolaversa Davlat ta’lim standartlarida
aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan. Chunki til qoidalarini yaxshi tushunish va
bo‘lajak o‘qituvchiga ravon va to‘g‘ri, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini keng
ochadi. “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho vorislari sifatida ona
tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy
ishlashimiz zarur”
1
.
O‘quvchilarning savodxonligini oshirish ularning bilim ko‘lamini
chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo‘ladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish orqali ularning
og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
O‘mumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan maxsus
o‘quv dasturining asosiy talablaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqini o‘stirish, bilish faolligini oshirishdir. Bularni amalga oshirish uchun
o‘quvchilarni til hodisalari haqida o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza qilishga
muhokama yuritishga, xulosa chiqarishga o‘rgatadigan samarali metod va
usullardan foydalanish talab etiladi. Yangi mavzuni tushuntirishda til materialini
1
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. T., Ma‘naviyat, 2008, 87-bet.
kuzatish, tahlil qilish, uning muhim belgilarini aniqlash, taqqoslash, guruhlash va
umumlashtirish usullaridan foydalanildi.
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
mustaqil fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli,
mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining
sintaktik qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha
ishlanishni talab qiluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo‘lgan dolzarb
masalalaridandir. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ancha uzoq
tarixga ega. Uyushiq bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng
yaratilgan asarlarda ko‘plab uchratamiz. Bu hodisa barcha turkiy xalqlar, shu
jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham mushtarak bo‘lgan turk- runiy yozuvlarida
ham, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ham ko‘plab
uchraydi.
Chektilar sharbatu taom avval,
Ikkisidin yetushdi kom avval ( Navoiy)
Ushbu yil shu haliq taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va
dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim ( ”Boburnoma”).
Demak, hozirgi zamon o‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi
tasodifiy hol bo‘lmay, tarixan shakllanib kelayotgan o‘ziga xos sintaktik hodisadir.
Bu o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
1.Uyushiq bo‘lak qismlari o‘zaro teng aloqada bo‘ladi.
2.Ular gapda bir xil sintaktik vazifa bajaradi.
3.Ular o‘zi uchun umumiy hisoblangan bo‘lak bilan bir xil munosabatda
bo‘ladi.
4.Teng bog‘lovchilar yordami bilan bog‘lanadi yoki bog‘lanishi mumkin.
5.Sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi.
6.Odatda bir xil so‘z turkumlaridan ifodalanadi.
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi teng bog‘lovchilar, yuklamalar va
to‘xtam, ohang yordami bilan bo‘ladi. Teng bog‘lovchilar yordamida bog’langan
uyushiq bo’laklar gap bo’laklarining o’zaro uyushish munosabatlaridagi ayrim
xususiyatlariga ko’ra, intonatsiya yordamida bog’langan uyushiq bo’laklarga
nisbatan ozmi-ko’pmi farq qiladi: bog’lovchilarning qatnashuvi uyushgan
bo’laklarning ochiq, yanada aniqroq ifodalashni ta’min etadi.
Uyushgan bo’laklarning o’zaro bog’lanishida ishlatiladigan bog’lovchilar
qo’llanish usullariga ko’ra asosan uch xil: o‘zbek tilida gapning uyushiq
bo‘laklarini bog‘lash uchun teng bog‘lovchilar - biriktiruv, zidlov, ayiruv
bog‘lovchilari qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq
qiladi.
O‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklari yozuvchilarning asarlarida
ma’ruzachilarning nutqida uslubiy vosita sifatida juda keng qo‘llanmoqda. Chunki
ular fikrni aniq, to‘liq, obrazli ifodalaydi, shuningdek, nutqqa ifodalilik,
ko‘tarinkilik berish uchun xizmat qiladi. Ular ifodani ixcham tuzish, unda his-
hayajon holatlarni to‘la aks ettirish, stilistik ravonlik va ixchamlik singari
xususiyatlar bilan tilimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik
kategoriyalardan hisoblanadi. Shuning uchun bu sintaktik hodisa ifoda vositasi
sifatida nutqimizning deyarli hamma turida, ayniqsa, yozma nutq turlarida, badiiy
adabiyotning turli janrlarida ancha keng qo‘llaniladi va dolzarb hodisa hisoblanadi.
Ona tili darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bir butunlikda hal qilinadi,
bolalar atrofni o‘rab olgan muhit haqida, mustaqil Vatanimizning o‘tmishi,
bugungi va kelajagi haqidagi bilimlari kengayadi; milliy g‘oya shakllanadi, ular
aqliy jihatdan kamol topadilar, mustaqil fikrlashga, mushohada yuritishni
o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni
tasdiqlaydi. Bu kitobda topshiriqlar mazmuni va matnlar o‘zaro bog‘liq holda
berilgan.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun Ona tili
darslarida matn va mashqlar ustida ishlash kerakligi ham muhimdir. Ona tili
darslarida o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning ma’lum jihatlarini egallatishni,
ularda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan bog‘lab amalga oshiriladi.
Ona tili kitoblariga kiritilgan matn va mashqlarda Vatan, ona, xalq, tarix
haqidagi bilimlar o‘quvchilarning sinfdan sinfga o‘tishi bilan tobora
chuqurlashtirila boriladi. Vatan, uning o‘tmishi va hozirgi kuni Ona tili kitoblarida
markaziy mavzu hisoblanadi. Mavzularni o‘rganish jarayonida uyushiq bo‘lakli
gaplardan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Ona tili
darslarida mavzular bir-biri bilan uzviy bog‘lanadi. Bu hol ta’lim va tarbiya
jarayonining birligi haqida to‘xtashga imkon beradi. O‘quvchilar atrof-muhit,
borliq haqida qanday bilimlarni egallashlari, ularda qanday bu ishlarni amalga
oshirishni o‘rganadilar.
4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi,
kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning bir-
biridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan
o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum- yumaloq kabi sifatlarning yozilishini;
son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning
yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda
qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga
fel zamonlari: fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi)
haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda
qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi.
Dasturning “Gap” bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash
maqsadida ular nutqida ko‘proq ishlatiladigan bog‘lovchilar bilan amaliy
tanishtiriladi.
So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z
turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z
birikmasida to‘g‘ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik
mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning
yozilishini bilib olishga ko‘maklashadigan lug‘aviy-imloviy mashqlar o‘tkaziladi.
O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan
imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra
turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar;
gapning mazmuniga ko‘ra oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgisining qo‘yilishi
haqida; gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida, gaplar so‘z
birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to‘rt o‘quv yili davomida
izchillik bilan berib boriladi.
Birinchi sinfda o‘quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida
so‘zdan farqlashga, gapni o‘qiganda ohangiga rioya qilishga, ma’lum
tayyorgarlikdan so‘ng, gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlab yozishga
va oxiriga nuqta qo‘yishga o‘rganadilar. Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda
berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o‘quvchilar
gapning oxirida nuqtadan tashqari so‘roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi
bilan tanishadilar va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga
o‘rganadilar.
O‘quvchilar gap bo‘laklarini o‘rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar,
ular gap kim? (kimlar?) yoki nima? (nimalar?) haqida aytilishini bildirgan so‘zni
(egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga,
o‘rgatiladi (ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni o‘rganish
jarayonida gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlashga oid mashqlar o‘tkazib
boriladi.
Uchinchi sinfda gapning turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) o‘rgatiladi.
Ularni ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya bilish haqida
tushuncha beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap
bo‘laklari: ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzulari ham o‘rganiladi
(Ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). O‘quvchilar so‘z birikmalari
bilan amaliy tanishtiriladi.
To‘rtinchi sinfda va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va
Dostları ilə paylaş: |