Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
Asil Manxetten havosidan olib qoling! Narxi ko‘ngildagidek! 
Palmer binoga diqqat bilan razm sola boshladi. U dahshatli ko‘rinardi. Tikka bukilgan mudhish 
balkonlar dev qo‘lidagi ulkan cho‘qmorga o‘xshaydi. Qiziq, o‘yladi u, bu havo qasrida qanaqa odamlar 
yasharkin-a? 
Bu yerda ijaraga olingan yoki muddatli to‘lovga sotib olingan kvartira qanchaga tushishini u 
xayolan bemalol xomcho‘t qila olar edi. YuBTXda mana shunaqa turdagi binolarga ko‘plab bay pullari 
qo‘yilgan. Har bir ijara haqi kam deganda yiliga ming dollar turadi. Shunday qilib, besh xonasi, 
derazalari qo‘shni uyga tiralib turuvchi odmigina kvartira ijaradorga kam deganda atigi to‘rt yuz 
dollarga tushsa kerak. Biroq ko‘pchilik kvartiralarning balkonlari ham bo‘lganidan ularning narxi ancha 
oshar edi. 
Palmer darvozaga olib boruvchi yo‘lakdan asta yurib ketdi, o‘zicha avtomashinalarning tosh yo‘ldan 
to‘g‘ri oynavand bostirma ostidagi keng markaziy eshikka kelib turishini hisobga oldi. To‘rt yuz dollarli 
ijaradorlar bu hashamli eshikdan kirib-chiqishda foydalanishlari mumkinmikan? — o‘yladi Palmer. — 
Darvoqe, bu mahallalarda yashovchi bechorahollarning taksida yurishlariga yo‘l bo‘lsin. 
Ko‘chadan oynavand devor bilan ajratib qo‘yilgan vestibyul ichkarisida ikki shveytsar pashsha qo‘rib 
o‘tirardi. Bittasi harbiycha shinel va furajkada. Ikkinchisi — livrelda. Ular liboslarining sarg‘ish-qizil 
rangli frantsuz chet el legioni polkovnigi mundirini eslatardi. Shinel va furajkadagi shveytsar 
Palmerning yaqinlashib kelayotganini ma’yus va diqqat bilan kuzatib turardi. Livreldagi uning 
hamkasbi telefon kommutatori qopqog‘iga erinib yonboshlagancha Palmer tomonga loaqal qiya boqib 
ham qo‘ymadi. 
Eshigini ochish uchun Palmerning o‘zi qo‘lini cho‘zgandagina shineldagi shveytsar oshkora norozilik 
bilan uni lang ochdi. 
— Xayrli kech, — dedi u savol bergan ohangda, go‘yo ob-havoga qiziqqanday. 
— Kimga keldingiz? — dag‘algina g‘udrandi livreldagi shveytsar. 
— Ya’ni, sizga kim kerak edi, demoqchisiz-da? — to‘g‘riladi uni Palmer. 
Shveytsar yalt etib unga qaradi-da, keyin gavdasini to‘g‘rilab turib oldi: 
— Meni ma’zur tutgaysiz. 
— Durust, — javob berdi Palmer. 
— Men so‘ramoqchi edimki, kelganingizdan kimni voqif etaylik? 
— Mister Bernsni. 
Shveytsarlarning ko‘zlari katta-katta ochildi. Palmer peshtaxta oldida g‘oz turib oldi. 
— Eh, mister Bernsmi? Bir daqiqa, ser. — U shartta o‘girildi-da, kommutator shnuridan tutdi. 
Azbaroyi  chiranganidan lablari uchib, u bir necha lahza kerakli raqamlarni terdi, so‘ng kuch bilan 
poynakni uyachaga tiqdi. 
— Uzr, ser. Siz xususingizda nima deb aytay? 
— Vudi, — dedi Palmer yengil tabassum bilan. 
— Ha, ser Vudi. Bir daqiqa, ser, hozir aytaman. — U telefon go‘shagini qulog‘iga qattiq tirab 
javobni kuta boshladi. — Mister Berns? Bu sizmisiz, ser? Ser, sizni mister Vudi ko‘rmoq istaydir. — U 
peshonasini tirishtirib quloq soldi. — Lekin u kishi mister Vudi dedilar, ser... — Keyin shveytsarning 
yuzi tabassumdan yorishib ketdi va u shodon boshini saraklatdi. —Ha-ha, ser, albatta, mister Berns, 
ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, hoziroq bajo bo‘ladi, ser. — U Palmerga burildi: — Marhamat, mister Vudi, 
marhamat, ser, mana bu yerga marhamat qiling. 
Shveytsarga ergashib lift tomon borar ekan, Palmer shunday mulohaza qilardi: bu toifadagi 
qulchilik birgina “bayram” munosabati bilan mo‘may choychaqa olish istagidan paydo bo‘lmaydi: 
rojdestvogacha hali uzoq, buning ustiga bironta ham o‘z qadrini bilgan odam manfaat yuzasidangina 
adovatli nafratdan oshkora tarzda oyoqni o‘pishga tayyor yaltoqlikka o‘tishi mumkin emas. Yo‘q, qat’iy 
tusda o‘yladi Palmer. Ko‘rinib turibdiki, gap faqat bu yerda Bernsga nisbatan saxiy va boy ijarador 
sifatida munosabatda bo‘lmayotir. Undan qo‘rqishadi. Odamni o‘lguday qo‘rqitib olibgina uni mana 
shunday yetti bukilib qulluq qilishga majbur etish mumkin. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin