Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
Prins xiyol oldinga egilib, oyoqlarini bir-biriga mindirib o‘tirar va Kalxeynga aftidan ikkovi ham tish 
qayrab turgan radio sharhlovchisi haqidagi voqeani gapirib bermoqda edi. Prinsning o‘zi siyosiy 
reporter bo‘lib, har doim goh Olbaniga, goh Vashingtonga ish safari bilan borib turardi. 
Prinsning ortida Berns birmuncha so‘nggi, eng urf bo‘lgan kitoblar terib qo‘yilgan javoniga suyanib 
El Konn tik turardi. Bir qarashda u Palmerning taxminlari ichida eng o‘rtamiyona va ko‘rimsizdek 
taassurot tug‘dirardi: burni o‘rtacha, sochi xira qo‘ng‘ir-kulrang tusli, agar ikkala ko‘zini aytmasa, 
yuzida hech bir diqqatni tortadigan alomat ko‘rinmasdi. Ammo ana shu ko‘zlar uning kimligini yaqqol 
aytib turardi. 
Palmer ularni kuzatib turgan vaqtda Konning irg‘ib chiqqan, salqi qovoqlari ostidagi bu g‘ayrioddiy 
ko‘zlari u qo‘lida ushlab turgan kitob sahifalari bo‘ylab tez-tez yugurar edi. Palmer Konning 
qalqonsimon bez kasalligi bilan og‘risa kerak va shu bois busiz ham katta-katta, xiyol bo‘rtiq ko‘zlari 
ana-mana kosasidan irg‘ib chiqib ketadigandek tuyulsa kerak, degan to‘xtamga keldi. Bu ko‘zlarda 
hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan ochlik bor edi. Ular yo‘lida uchragan hamma narsani yeb-
yutadi. Undan tashqari Konn, odatda go‘yo ko‘zlaridagi ochko‘zlik chet nigohlardan yashirinmoqchi 
bo‘lgandek, keng gardishli katta ko‘zoynak taqardi. Biroq do‘stlari orasida u aksar hollarda 
ko‘zoynaksiz bemalol o‘tiraverardi. Ha, fikr yuritardi Palmer, Konning do‘stlari ko‘p. Tag‘in turli 
sohalarda. 
Konn qurilish firmasining boshlig‘i sifatida keng tarqalgan, qurilish bo‘yicha pudratda yaxshi ishlab 
topadigan kompaniyalardan birining aktsiyalari egasi. U yana ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan 
shug‘ullanadigan bir qancha kompaniyalarda ham ishtirok etardi, buning ustiga, xususiy avtobus 
kompaniyalari va taksi parklarining sheriklikdagi egalaridan biri, metall konstruktsiyalar ishlab 
chiqarish bo‘yicha kontsern direktori, shaharlararo avtoulov bilan bog‘liq bir qancha firmalar va 
sug‘urta kompaniyalar direktorlaridan biri edi. Ayni vaqtda, hech ham tasodif emas, Konn demokratik 
partiya mahalliy qo‘mitasi uchun mablag‘larni eng jadal yig‘uvchilardan biri sifatida tanilgan. Saylov 
kompaniyalari vaqtida uning bir o‘zi qolgan barcha to‘plovchilarni birgalikda olinganidan ham ko‘proq 
pul to‘plagandi. Uning behisob do‘stlari u bilan suhbatda do‘stona betakalluflik bilan uni El deb atar 
edilar, ko‘zlari uchun esa goho “chiydan tashqari mer” yoki “Konn janobi oliylari” deb chaqirishardi. 
— ... O’tgan hafta radiostudiyada mana bunday ish bo‘ldi, — hikoya qilardi Ougi Prins. — Biz bu 
radiog‘iybatchini bir umr esdan chiqmaydigan qilib tuzlashga qaror qildik. Xo‘pmi? Yarim tunda 
qizaloqni studiyaga olib keldik, xuddi o‘sha... — Palmer Konnga imo qildi va Bernsni xona 
burchagidagi barga olib o‘tishga loqaydlik bilan izn berdi, u yerda qo‘lini keng yoyib, eng qimmatbaho 
vinolardan butun bir dunyosini ko‘rsatdi. 
— Nima ichasan, Vudi? 
Palmer yo‘q deganday boshini chayqadi: 
— Do‘stlar mening stolimda rosa kuchanishdi. Endi men — taslim. 
— Bir qultumgina o‘tar tomog‘ingdan? Balki sodalisi ketar? 
— Yaxshisi, zanjabilli pivo bera qol. 
— ... shu desangiz biz so‘nggi axborotning o‘n daqiqalik eshittirishi vaqti kelishi uchun kutib turgan 
edik. Xo‘pmi? — davom etdi Prins. — U yangiliklar ma’lumotini o‘qiyotganida, uni, albatta, bo‘lib 
bo‘lmaydi. Shu desangiz, biz paytdan foydalanib qoldik: u mikrofonni ulab, eshittirishni boshlashi 
hamon biz uning jemperi yoqasining yarmigacha cho‘zib tortdik-da, stulga mahkam bog‘lab qo‘ydik. U 
esa bu vaqt davomida mikrofonga gapiraverdi va eshittirish efirga ketaverdi. Bildingiz? Keyin biz 
uning shimini yechib oldik va bilasizmi — shimsiz o‘tiribdi-da, so‘nggi voqealar haqidagi nimalarnidir 
aljirayapti. Ovozi esa haligidaqa — ana-mana uv tortib yuboradigan. Zap bo‘ldi-da! Shu joyda biz 
haligi qizaloqni studiyaga sudrab keldik. U ishga tushib ketdi. Yigitchaga esa eshittirish oxirigacha 
yana sakkiz daqiqacha qolgan... 
Konn Ougi Prins tomon xiyol o‘girildi. Uning yeb qo‘ygudek qaraydigan ko‘zlari u varaqlab turgan 
kitob sahifalarini bir daqiqacha o‘z holiga qo‘ydi va latifani yeb yutish uchun Prins tomon qadaldi. Bu 
ochko‘z nigohning og‘irligini o‘zida his qilgan Kalxeyn o‘girildi-da, Konnga ko‘z qisib qo‘ydi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin