Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
— Unda, sizningcha, buni ohanraboday tortayotgan narsa nima? — o‘smoqchiladi Kalxeyn. — Uy 
va fermalarmi yo advokatning issiqqina o‘rnimi? 
Berns yelka qisdi: 
— “Merrey Xill” uning uy va fermalarini musodara qilolmaydi. Garrining bo‘ynida hech qanday qarz
hech qanday majburiyat yo‘q. — Berns yana Palmerga mo‘ltayib qaradi: — To‘g‘ri aytayapsanmi? 
— Bundan xabarim yo‘q. U haqida kredit boshqarmasida u-bu narsani bilib olsa bo‘ladi. 
— Garri haqida u yerda ko‘p narsa bilolmaysan, — dedi Kalxeyn. — U to‘lovlarni to‘lashga qodir. 
— Buyuk ish — joriy hisob, — xayol surib dedi Berns, — agar kimdadir bor bo‘lsa, bu shubhasiz 
Garri bo‘ladi. To‘g‘ri aytyapmanmi, Vudi? 
Nimani nazarda tutayapsiz, o‘zi? — so‘radi Palmer. 
— Men nazarda tutmayapman, — tushuntirib dedi Berns, — ya’ni shuni nazarda tutamanki, Garri 
na faqat xo‘jako‘rsinga (chunki viskiga ham, taksiga ham u to‘laydi), balki chinakamiga to‘lovlarni 
to‘lashga qodir, to‘g‘rimi? 
— Joriy hisoblar turlicha bo‘ladi, — og‘zidan eshilib chiqayotgan so‘zlarga erinibgina quloq solib 
g‘udrandi Palmer, — ba’zilari viski qultumidek o‘zlari oqib keladi, ba’zilari esa... 
Kalxeyn hamdardlik bilan bosh irg‘adi. 
— Siz anavindan juda oshirib yuboribsiz, — xabar qildi u Palmerga. 
— Yo‘g‘-e? — suyunib hayron bo‘ldi Palmer. 
Berns nimanidir miyasida pishitardi. 
— Xo‘sh, hammasini gaplashib oldilaringmi? Yo gaplashmagan biron narsa qoldimi? 
— Yo‘q, — ishontirdi uni Kalxeyn. 
— Unda, demak, qizlarni chaqiramizmi? — taklif qildi Berns. 
— Menga kerak emas, — dedi Kalxeyn. — Aytdim-ku, ruhoniy bo‘lishga tayyorgarlik ko‘ryapman 
deb. Ikkita narsaga ont ichganman — bokiralikka va hirsni o‘ldirishga. 
— Qasamlaringga sodiqsan, — ming‘irladi Berns. — Xushaxloq bolakay. — U yana Palmerga burilib 
qaradi. —Xo‘sh, qizlarga qalaysan, Vudi? 
— Unga ham hech kim kerak emas, — e’lon qildi Kalxeyn. 
— Ikkita ont ichganman, — tushuntirdi Palmer, o‘ng qo‘lini ko‘tarib, — haqiqatni gapirishga 
tantanavor ont ichganman. 
— Konstitutsiyaga kiritilgan Beshinchi tuzatishdan foydalanib qoling, — maslahat berdi unga 
Kalxeyn. 
— Aldamayman, — davom etdi Palmer. — Sadoqatga sodiqman, besoqolbozlik kabi narsalarga 
qarshiman... 
Berns oq telefonni o‘zi tomon surdi-da, raqam terdi. 
— Shaftolimisan? — so‘radi u. — Bu Mak. Seni uyg‘otib yubordimmi? 
— Shaftolini olmang, — ogohlantirdi Kalxeyn Palmerni, san’atkorona shivirlab. — U haddan 
tashqari besaranjom. 
— ... Biz ixchamgina ulfatbozlik qilgan edik, — derdi Berns go‘shakka, — ikki-uchta yigitchadan 
iborat. 
— Sizga uning tanlaganlari yoqmaydi, — dedi Kalxeyn, — ular orasida bitta ham jajji qizaloq yo‘q. 
Hammasi allaqayoqdagi ro‘dapolar. Umuman, arzimaydigan ish. 
— ... O’zing bilan bironta portlovchi xotinni olvol, Shaftoli, — dedi Berns. 
— Unga aynan shunaqalar yoqadi, — davom etdi Kalxeyn, — meni ham shundaylar bilan 
ta’minlashga o‘rgangan, chunki mening gavdamga ular mos keladi-da. Uning o‘zi esa Gollivuddalik 
vaqtidayoq shunaqalarga mazaxo‘rak bo‘lib qolgan, uni kelbatlari tortadi. Qaerlardan qidirib toparkin-
a ularni? Qidirsang, kunduz chiroq yoqib topolmaysan. Birontasi G’arbiy sohildan shaharga tushib 
qolgudek bo‘lsa, darhol bunga qo‘ng‘iroq qiladi. — Kalxeyn kuchanib o‘rnidan turdi, Bernsning oldiga 
bordi va undan go‘shakni yulqib oldi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin