www.ziyouz.com kutubxonasi
113
— Hozir bu yerda taksi tutsa bo‘ladimi? — qiziqsindi Palmer eshik tomon odimlab.
— Qayoqqa shoshasan, Vudi? Odamlarga qo‘shilsang-chi. Sal yozilsang-chi. Ozroq jinnilik qilsang
qilibsan-da, qiziq, nimadan qo‘rqasan?
Palmer Bernsning turib, qoqila-suqila uning izidan kelayotganini eshitdi.
— ...
— Nima?
— ... , — dedi Palmer eshikni ocharkan.
— Rosa yetilibsan, Vudi, — ogohlantirdi uni Berns. — Kel, men o‘zimning mashinamni chaqirtiray.
— U yo‘lak bo‘ylab Palmerning ortidan ergashdi.
— Bombsvil, AQSh, — dedi Palmer, barmog‘i bilan chaqiruv tugmachasini ikki marta bosib,
shundan keyin lift harakatga keldi.
— Ko‘rib turibman, o‘zingni o‘zing eplayolmaysan. — Bernsning ovozi tashvishli edi va ayni vaqtda
asabiylashayotgandi ham. — Sen bilan tushib, taksi tutib beraman.
— Hech qanaqa taksi kerakmas, Mak Mekki Noj1 — javob berdi Palmer. Lift eshiklari ikki tomonga
surildi.
— Sen bilan birga tushaman. — Berns Palmer bilan lift xonasiga kirdi va pastki tugmachani bosdi.
— “Mekkining qo‘lqopi kaprondan, — past ovozda xirgoyi qildi Palmer, — undan ham qon tezgina
ketadi...”
— Menga qara, — ma’yus dedi Berns, ular tushib borisharkan, — liftdan chiqqanimizda o‘zingni
to‘g‘ri tut. Shveytsarlarga choychaqa berishdan og‘rinmayman, ammo ular yer tagida ilon qimirlasa
biladi.
— “Ammo Makki biladi ko‘p narsalarni, — shivirladi Palmer. — Bizning bola qal’aning tagiga
keldi”...
— Menikiga kelgunlaringcha qancha otgan edilaring? — so‘radi Berns.
— K-ko‘p, — javob berdi Palmer. — Ist nixts gut2 , Mekki Noj?
— Sen shprex e bissel doytch?3 — hayron bo‘ldi Berns.
— Xizmat bahonasida o‘rgangan edim. — To‘xtash oldidan lift xonasi qattiq tormoz berdi va Palmer
chayqalib ketdi. — Men nemis raketachi olimlarni ovlaydiganlardan edim. Ana shunaqa. Bu olte
Kris4 , tsvay5 jahon urushi edi. — U chuqur xo‘rsindi va lift xonasidan chiqdi.
— Hammasi joyidami?
— Qo‘lingni ol!
— Men senga yordam bermoqchi edim, xolos.
— Xonimchalaringiz bilan qo‘shmozor bo‘ling.
— O’zingni bos, o‘rtoqjon, — shivirladi Berns. Uning sarg‘ish ko‘zlari yo‘lbarsga o‘xshab g‘azab bilan
qisildi.
Ular katta eshik tomon yo‘l olishdi. Navbatdagi shveytsar o‘rnidan turdi va ehtirom bilan ta’zim
qildi. Palmer qaddini rostladi, javoban sovuqqina bosh irg‘ab qo‘ydi va uning yonidan yurib o‘tib,
to‘g‘ri ko‘chaga, tungi muzdek havoga chiqdi. Yo‘lakdan biroz uzoqlashgach, u ovozini baralla qo‘yib,
bo‘m-bo‘sh ko‘chaga murojaat qildi: “Ustozlar va metrdotellar hammasi sarosimaga tushib qolishdi,
hamma menga xushomad qilardi va to mening ko‘zim ochilmaguncha hayot zerikarli edi!”
— Bu yoqqa, — dedi Berns Satton Pley tomon ketadigan yo‘lni ko‘rsatib. — Ko‘rayapsanmi, hov
ana, “Elderado” oldidagi daraxt tagini.
— Qo‘lingizni oling!
— O, qanchalik mag‘rurmiz-a!
— Kerak emas menga mashinangiz, — oyoq tirab oldi Palmer, — kerak emas menga ayollaringiz.
Bekorga ovora bo‘lasiz. Tushundingizmi?
— Ayollarni qo‘yaver, ammo mashinaga yo‘q demaysan.
— “... Yengil shirin hayot botqoqday meni tortib ketdi...” — Palmer qo‘lini Bernsdan siltab tortib
oldi va pastak uzun qora “kadillak” yonidan o‘tib, ko‘cha yoqalab chopib ketdi. Keyin u muyulishga