Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
— O’tiring, Palmer. Shoshmang, Genri, hozir aytamiz. 
Palmer soatiga qaradi: roppa-rosa o‘n ikki, ularning tanobiyda tanho o‘zlari qolgani sababi bu 
yoqda ekan-da. Palmer zimdan Lumisni kuzata boshladi. Xuddi binoning o‘ziga o‘xshab ko‘hnalikning 
mana bunday hilvirab va dildirab qolgan mumtoz namunasini yaqindan turib ko‘rish har doim ham 
nasib etavermaydi. 
Jozef Lumis hosil qilgan dastlabki taassurot, odatda, yaqindan tanishganda ham o‘zgarmas edi. U, 
ehtimol, umrining keyingi o‘ttiz yilida ham shunday ko‘rinardi va uning fotoportreti moliya olamidagi 
voqealarni kuzatib borgan barcha odamlarga yaxshi tanish edi. Qanshari tomon kengayib va iyagi 
tomon torayib borgan yuzi cho‘zinchoq, siyrak sochi oppoq va did bilan tarab bir tomonga tashlab 
qo‘yilgan. Ko‘zlari Virjiniya Klerinikiday deyarli katta-katta, ammo ingichka va yengil ajinlar o‘rimi bilan 
qurshalgan bo‘lib, bamisoli jimjimador gardishga qadalgan bir juft qimmatbaho toshga o‘xshardi. 
Yankilarga xos burun — faqat fotosuratlardagina uchli bo‘lib ko‘rinadi. Darvoqe burnining yuqori qismi 
pichoq tig‘ini eslatardi, ammo uchi biroz to‘mtoqlashib, ensiz katta og‘zi uzra xiyol osilib turardi. 
Bir tekis terilgan sun’iy tishlarini ko‘rsatib, Lumis unga xotirjam kulib qo‘ydi. 
— Sizni ko‘rganimdan xursandman, — dedi u. 
Uncha katta bo‘lmagan jilddagi ko‘chirib yozilgan va obdon to‘g‘rilangan taomnomani ko‘tarib 
ofitsiant keldi. Palmer noma’lum xattotning mahoratiga ofarin deb qo‘ydi ichida. Chiziqlar goh bosib 
yo‘g‘on, goh qalam uchida qilday ingichka qilib yozilgan edi. Yaxshiroq ko‘rish uchun Palmer 
taomnomani yoruqqa tutdi: ha, u darhaqiqat, qo‘lda va harholda hattoki g‘oz patida yozilgan edi. 
— Biqin go‘shti qovurdog‘i oling, — maslahat soldi Lumis, — jo‘ja — emince faqat menga 
o‘xshagan qari boboylar uchun pishiriladi. 
Parijchasiga emince so‘zining dimog‘dan kuchli talaffuz etilishiga e’tibor qilib, Palmer odob bilan 
jilmayib qo‘ydi. 
— Yanglishmasam, bu yerdagi bosh oshpaz naturel sousni quling o‘rgilsin qilib tayyorlaydi, — dedi 
u Lumisga o‘z navbatida naturel so‘zini frantsuzcha talaffuz qilib. Keyin ofitsiantga murojaat qilarkan, 
dedi: — Bugungi qovurdoq o‘sha sousdanmi? 
Har doimgidek, — javob berdi uning uchun Lumis. — Menimcha, shu yetarli bo‘lsa kerak, Genri? 
— Xo‘p bo‘ladi, mister Lumis, — javob berdi ofitsiant. 
— Nima ichasiz, Palmer? 
— Hech narsa. 
— Demak, tamom, Genri, — takrorladi Lumis, ofitsiant ancha nariga ketgach  dedi: — Oshxonamiz 
sizga yoqqanidan xursandman. Bu yerda oxirgi marta qachon bo‘lgansiz?.. — Uning qisilib turgan 
ko‘zlari serajin gardish orasidan Palmerga diqqat bilan qarab turardi. — Uch yil oldinmi? Siz o‘shanda 
otangiz bilan kelgan edingiz. Uning o‘lib ketganidan afsusdaman, uni tez-tez eslab turaman. 
Aytishlaricha, saratondan o‘lgan ekan, shundaymi? — Lumisning tim-qora ko‘zlari katta ochildi. 
Palmer uning tik boqishlariga chidadi. 
— Mutlaqo to‘g‘ri. 
— Buni u bilarmidi? 
— Yo‘q, u... 
— Buni undan yashirishganmidi? 
— Imkoni boricha. 
— Baribir u bunga ishonmagan bo‘lar edi. — Lumis boshini chayqab qo‘ydi va o‘zining barmoqlari 
uzun-uzun qo‘llariga qaradi. Ingichka tomirlari qorayib turgan teri uzra keksalik nishonlari — mayda 
jigarrang dog‘lar tartibsiz sochilgan. — Hech kim ishonmaydi, — qo‘shib qo‘ydi u birmuncha 
muddatdan keyin. 
Go‘yo ajalning o‘zi yaltiroq soch o‘ramiday ular oralig‘idan  sirg‘alib o‘tib ketgan kabi ikkalasi 
o‘rtasiga g‘alati bir sokinlik cho‘kdi. Palmer yelkasidan chumoli o‘rmalagandek his qildi va u, agar 
o‘lmasa, Lumisning yoshida bu haqda qanday gapirish lozimligini o‘yladi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin