www.ziyouz.com kutubxonasi
237
ko‘pik toshib, uning qop-qora suvga urilgan tumshug‘i uzra qalpoqday osilib qolardi.
Miyig‘ida kulib, Palmer kutishga toqati yo‘qligidan o‘zi bilan Virjiniya butun dunyoga, tezda lazzat
olish va o‘z ochligini tezroq qondirish uchun o‘zini sarf qilib yuboradigan millionlab odamlarga
o‘xshatdi.
Eshikning ohista tiqillagani eshitildi. Bir marta, keyin yana bir marta. Palmer ko‘zini ochdi va
o‘girildi. Vujudini sababsiz g‘azab chulg‘agan edi. Qandaydir yaramas, qandaydir jonga teguvchi
yaramas maxluq uning rejalarini buzishga, chalkashtirishga, tashvishga solishga qasd qilgan.
Qandaydir yugurdakmi, dorbonmi bo‘lsa kerak... Yoki Bernsmikin?
Palmerning lablari qimtildi. Agar bu Berns bo‘lsa, Virjiniyaga telefonda nima deb javob beradi?
Qo‘ng‘iroqqa Berns javob qiladi. Juvon uning ovozini tanib, hech nima demay go‘shakni ilib
qo‘yarmikan? Kechroq telefon qilarmikan? Yoki oqshom butunlay rasvo bo‘larmikan?
Palmer eshik oldiga keldi.
— Kim?
Qandaydir ming‘irlagan, juda past va ma’nosiz ming‘irlagan ovoz keldi. Yigit asabiy basharasini
tirishtirdi, qulfni paypasladi va eshikni ochdi. U yerda Virjiniya turardi.
Ellik birinchi bob
Palmer biroz uyqusirab yotdi. Virjiniya uning yonida jim yotar edi. Juvon salgina qimirlagan edi,
yigit darhol uyg‘ondi. Yigit qimir etmay yotar, ko‘zlari yumuq, bir tekis va chuqur-chuqur nafas olardi.
Juvon yana bir qimirlab qo‘lini o‘zining ustidan yurgazib o‘tganida ham u qimir etmay yotaverdi. Nima
uchun bunday qilayotganiga o‘zining ham aqli yetmayotgandi.
Birmuncha muddat o‘tgach, u chaqmoqtoshning qisqagina shirq etgan ovozini eshitdi. So‘ng
sigareta tutuni hidi dimog‘iga urildi.
— Uyg‘ondingmi? — juda past ovozda shivirladi juvon.
Palmer sekin va chuqur-chuqur nafas olardi. Tezda juvon ehtiyotkorlik bilan to‘shakdan turdi.
Palmer uning nafas chiqarganini eshitdi, aftidan sigareta tutunini pufladi. Yigit ko‘zini ochdi va atigi
bir-ikki metr naridagi juvonning tanasini tomosha qila boshladi. Juvon pardani surib, ko‘chadagi
nimagadir qaramoqda edi. Mehmonxona bo‘lmaga qarab ochilgan eshik orqali tushayotgan tarqoq
nur soya tushirmasdan juvonning dumbalari oralig‘idagi birgina chuqurlikdan tashqari badanining
hamma joyini yoritib turardi.
Xonadan tashqaridagi nimagadir mahliyo bo‘lgan va uni kuzatib turgan nigohni sezmagan holda
juvon mutlaqo boshqacha ko‘rinardi. Nega shunday ekan-a?
Balki, deb o‘yladi Palmer, men uni tinch holatda umuman kam ko‘rganimdandir. Hatto u o‘tirgan
vaqtda ham — yozuv stolida, masalan, — yigit uni tinch holatda turibdi deb ayta olmasdi. Undagi
nimadir, ehtimol ko‘zlarining harakatimi yoki ovozimi, yigitga alayna-oshkor juvon — harakatda deb
aytib turganday bo‘ladi. Juvonga nisbatan esa bu qariyb har doim haqqoniy bo‘lar edi, degan
to‘xtamga keldi u. Juvonda qandaydir jo‘shqin zo‘riqish aks etib turardi.
Ayni damda men uning ko‘zlarini ko‘rmayapman, o‘yladi Palmer, bundan tashqari uni uyg‘otib
yubormaslik uchun juvon nafasini ichiga yutgan. U juvonni uydagi o‘z xonasida qanday bo‘lsa,
shunday ko‘rib turardi — bir tirsagi bilan deraza yonidagi devorga suyangan, gavdasi og‘irligini bir
oyog‘iga solgan, ikkinchi oyog‘i tizzasidan erkin bukilgan. Yigit uning oyog‘i kaftini, ustini, xiyol
dag‘allashgan tovonini tomosha qildi. Hatto butun tana vaznini ko‘tarib turgan to‘pig‘i judayam
ingichkaligini yigit birinchi marta ko‘rib turishi edi.
Juvon asta xo‘rsinib qo‘ydi va Palmer bu tovush sirini bilishga harakat qildi. Unda, deb o‘yladi yigit,
his etilgan qoniqish ham, tanho va tinchlikda qolmaslik xohishi ham bor. Bordi-yu, ular o‘rtasida
qandaydir umumiylik bo‘lsa, bu hammadan ham zo‘riqishdan birato‘la xalos bo‘lishga va barcha
xayollarni itqitib tashlashga noqobillik edi.
Ehtimol, o‘yladi Palmer, bu aql borligining badbaxt natijasidir. U yotar ekan, ko‘zlari juvonning