Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
oyoqlari bo‘ylab goh yuqoriga, goh pastga qadar o‘rladi, qandaydir hech narsani o‘ylamaydigan, 
yoqimli zo‘riqishdan keyin boshlanuvchi sokin holatda yotardi u. 
Garchi juvon badanini tomosha qilish unga lazzat bag‘ishlayotgan bo‘lsa-da, u ko‘zlari yumilib 
ketayotganini sezdi. U mushohadalari qandaydir yanada salqi tortib, haqqoniyatdan uzoqlashib 
borayotganday bir tuyg‘uni his etdi. Nima bo‘lganda ham unga uylanib ol, o‘zicha xayolidan o‘tkazdi 
Palmer. 
Palmer diqqatini asta ular kelayotgan va ko‘zga elas chalinayotgan yo‘lga tortdi. Edis, uyqusirab 
dedi o‘zicha, ortiqcha shovqin ko‘tarmaydi, uning bolalari bilan ko‘rishuviga nisbatan ilojsiz qattiq 
shartlar ham qo‘ymaydi. 
Virjiniyaning, albatta, bankdan ketishiga to‘g‘ri keladi. Shu holatdan kelib chiqib, uning ham 
kovushini to‘g‘rilab qo‘yishlari tayin. 
Mudroq holatda Palmer o‘zining moliyaviy ishlarini tahlil qila boshladi. Mulkning yarmini — 
birvarakay yoki qismlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan — Edis uchun uyiga, shuningdek u bolalari uchun 
turli trest jamg‘armalariga qo‘shimcha tariqasida Edis uchun yetarli bo‘ladi — qolgani uning butun 
umriga kifoya qilarmikan? Mutloq minimum sifatida er va xotin nima hisobiga bemalol yashashi 
mumkin? Uning bunga aqli yetmasdi. O’n mingmi? Yigirmami? Bankni tashlab ketganlaridan keyin 
ular uzoq safar qiladilarmi? Ehtimol. Ular xorijga borib yashashlari mumkin. Ispaniya, balki, yoki O’rta 
yer dengizidan bironta orol. 
U o‘zi va Virjiniyani xilvat sohilda, dengiz chuqurliklari orasida tasavvur etishga urindi va buni ko‘z 
oldiga keltirishdan ojiz qoldi. Osongina tasavvur etish bilan o‘zini olis Riverada qaltirab turgan holda 
ko‘rishning uddasidan chiqolmaydigan odamlar uchun shahar ehtimol tutilgan yagona turar-joy edi. 
Shahardagi hayot esa qimmat turadi. Yiliga 40 ming dollarmi? Modomiki, tasavvur qildi Palmer, uning 
yana kam deganda o‘ttiz yil yashash niyati bor, bu esa xarajatlarga bir milliondan ortiq ketishini 
anglatadi. Ajrashuvdan keyin bunday katta pulga hech qachon umid bog‘lay olmaydi. Bordi-yu, 
xarajatlarni qisqartirsa-chi? Chorak milliondan foizi yiliga 12500 dollarni tashkil etadi. Bunga asosiy 
mablag‘ning yana 12500 dollarini qo‘shadi. Uning qisqarib boruvchi asosiy mablag‘ining foizlari 
kamayib borgan bir vaqtda u asosiy mablag‘ining barcha eng katta summalarini sarflaydi va o‘ttiz 
yilning oxiri qashshoqlikka borib taqaladi. Biroq bisotida yiliga 25000 dollar bo‘lib, unga... 
U yana iroda kuchi bilan fikrlarini asosiy izga qaytardi. Asosiy mablag‘dan olish fikrining o‘zidanoq u 
larzaga tushar edi. Balki boshqa yo‘li bordir. 
Albatta, agar ajrashganidan keyin u Virjiniya bilan turmush qurmasa, unda YuBTKdagi xizmatdan 
keladigan uning daromadi unga bemalol yetib-ortar edi. Ular bir necha yilni tishlarini tishiga qo‘yib 
o‘tkazar edilar. Keyin, ular turmush qurganlaridan so‘ng ularning gardaniga hech qanday og‘ir yuk 
tushmasdi. U YuBTKda qolavergan bo‘lardi. Albatta, u Virjiniyadan bir necha yil sabr qilishni o‘tinib 
so‘rardi, bu vaqt davomida ularning turmushi hozirgi munosabatlaridek sir bo‘lib qolaverardi. 
Virjiniyaga uylanish o‘zi nima degani, qiziquvchanlik bilan o‘yladi Palmer. Uning shahvoniy nafsi 
kuchli bo‘lib qolishini Palmer aniq-tiniq his etar edi. Uning o‘z nafsi risoladagidek bo‘lishiga Palmer 
amin edi. To‘g‘ri, vaqti-vaqti bilan oladigan lazzatlari bir necha soat oralig‘i bilan ko‘p yillik bir zayldagi 
er-xotinlik yaqinligi o‘rtasida farqi bor. Uning bunday vaziyatni oldindan bilishga yordam beruvchi 
yetarli tajribaga ega emasligini fahmlab, Palmer birmuncha besaranjomlik sezdi. Edis bilan kechgan 
hayoti, hatto eng boshdan ham, jinsiy aloqalarga unchalik boy bo‘lmagandi. Haftasiga bir marta — 
asosan ular turmushining maromi ana shunday edi. 
Palmer xotini bilan oralarida hech qachon kutilmagan, tasodifiy yaqinlik bo‘lmaganini esladi. 
Hammasi qariyb jadvaldagidek kechardi, odatda juma va shanba kunlari, sababi ertasiga to‘yib uxlab 
olish uchun imkon bo‘lsin. Biron marta ham navbatdan tashqari holatda yo‘l qo‘yilmagan edi. Bunday 
tartib o‘z-o‘zidan yuzaga kelardi: Palmer yalinardi, xotini esa ko‘plab uzrli sabablarni ro‘kach qilib, 
muloyimlik bilan rad etar edi. Bundan tashqari, albatta, oldindan tasavvur etmagan murakkabliklar 
bo‘lardi. Masalan, ulardan birontasi tumov bo‘lib qolganda yoki oshqozoni bezovta qilganida, yoki 
boshi og‘riganda Edis bu ish bilan shug‘ullanishni joiz deb bilmasdi. Bu ham yetmaganday, Edis bir 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin