Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
— Men biladigan joylardan uni topib bo‘lmaydi. Uni topib berishlarini iltimos qilishim kerak. 
Shundan keyingina u menga qung‘iroq qiladi. Doimiy aloqa qilish mumkin bo‘lgan boshqa odam 
kerak. 
— Men Olbaniga, matbuot xonasiga  qo‘ng‘iroq qilishim mumkin, — taklif qildi ayol.  
Nahotki shu yerda, shaharda hech kimimiz bo‘lmasa? Men ularni reportaj tayyorlayotgan 
paytlarida bezovta qilishni istamayman. 
— “Tayms”ga suqulib kira olganimizdaydi, Virjiniya, agar siz... 
— Bubbi! — kimdir qattiq qichqirdi. — Bubbili! 
Palmer o‘girilib, ishxona ostonasida Virjiniyaga jilmayib qarab turgan ko‘ziga tanish odamni ko‘rdi. 
Palmer uning bo‘yi deyarli olti futga yaqinligini, faqat to‘laligi uchun pakanaroq ko‘rinishini payqadi. 
Kalta qirqilgan sochlari ostidagi o‘ynoqi ko‘zli yuzlari va do‘mboq iyaklari Palmerga tanish edi.  
— Jonginam. — Virjiniya unga salom berdi. — Mening boshlig‘im Vuds Palmer bilan ham 
salomlashib qo‘y. Bu — Kessler, “Star”ning jentlmen bo‘lib ulgurmagan yagona fotoreportyori. 
— Salom, Palmer! Haliyam keraksiz nemis raketachilarini yo‘ldan urib yuribsizmi? Qanaqasidan 
kerak?  
Palmer Kesslerning samimiy ko‘zldariga qaradi. Bu ko‘zlar “tanirmikin?” degandek hushyorlik bilan 
tikilib turardi. 
— Siz?! — dedi Palmer. U qo‘llarini uzatdi. Xayolida qo‘llari qopqonga tushib, barmoqlari siqilib 
qolgandek bo‘ldi va aftini burishtirib, barmoqlarini tortib oldi. Kesslerning pastki labi o‘rtasida osilib 
turgan sigareta u gapirgan paytda sakrab, bejirim tikilgan kostyumiga quyuq kul sochardi. 
— Qariya, baribir bema’nilik qildingiz. Siz ruslar qo‘lga tushirgan narsalarni o‘g‘irlashingiz kerak edi.  
— Nima, u doim shunaqami? — so‘radi Palmer Virjiniyadan. 
— Yo‘q. U hozir o‘zini yaxshi tutayapti. 
— To‘ppa-to‘g‘ri, — tasdiqladi Kessler. — Ayollar bor joyda o‘zimni tutishga majbur bo‘laman. — U 
Virjiniyaga zimdan qarab qo‘ydi. 
— Ayt-chi, azizim, fotobo‘limingda teletayp bormi? Undan Olbani bilan aloqa qilsa bo‘ladimi? 
Kessler bosh chayqadi. 
— Assoshieyted Pressdan faqat moliyaviy hamda tijorat xabarlarini olamiz. Nimaydi? — Va qo‘shib 
qo‘ydi: — Foyda chiqadigan biror narsa bormi? 
— Bugun ertalab u yerda qonun loyihasiga tuzatish kiritish bo‘yicha ovoz beriladi. 
— Yana bank bema’niliklarimi? — to‘ng‘illadi u. — Bubbi, men bu shahar haqida o‘n besh yildan 
beri fotoreportaj berib kelaman, lekin bankdan biror marta tayinli surat olganim yo‘k. 
— Agar olganingda ham “Star”da bosib chiqarishmasdi, — dedi ayol.  
U bosh irg‘adi va Palmerga o‘girildi: 
— Undan so‘rang. U sizga ayollar dumbasini suratga olish bo‘yicha ustasi farangligimni aytib 
beradi. Eng asosiysi, o‘n besh yil ichida men “Star” orqali nozanin ayollarning belini suratga oldim. 
Bular orasida Gussi Morenning kalta tennis ishtonchasini kiyayotgan paytdagi surati zo‘r chiqdi. — U 
Palmerga qaradi. — Nima sababdan siz xodimingiz kuzatuvida xilvat joylarda daydib yuribsiz? — 
Odatda siz emas, reportyor oldingizga borishi kerak-ku. 
— Biz sevgi tufayli bog‘langanmiz — izoh berdi Virjiniya. 
— Xudo qo‘llasin sizni, Palmer, — dedi qat’iyat bilan Kessler. — Bu qiz oliy toifali barlarda qadahga 
solib beriladigan o‘rtasi teshik bir bo‘lak muzga o‘xshaydi. Shunday emasmi? 
— Gapingizga qaraganda bir gal tilingiz kuyganga o‘xshaydi, — dedi Palmer. 
— Bir gal? — Kessler kulib yubordi. — Azizam, sening ortingdan qanchadan-qancha tahririyatlarga 
yugurganimni unga aytib ber. 
— Bunchalik past ketishning nima keragi bor? — javob berdi Virjiniya.  
U ayolga bir soniya hirs bilan tikildi, keyin yelkasini qisdi: 
— Bubbi, men seni teletayplar yoniga eltib qo‘yaman, lekin boshlig‘ing shu yerda qolishi kerak. 
Palmer sun’iy och sariq-jigarrang charm qoplangan eski uzun o‘rindiqqa o‘tirdi. Atrofdagi taxta 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin