Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
— Yaramas, — ingradi u. 
Palmer oshxonaga chiqdi. Sochiq topib, unga to‘rt bo‘lak muzparchasini o‘radi va Bernsning yoniga 
qaytdi. 
— Og‘riyotgan joyingga qo‘y, — dedi uni Bernsga uzatib. — Urib yuborganimdan afsusdaman. Ko‘p 
yillardan buyon birinchi marta o‘zimni boshqarolmay qoldim. 
— Eshityapsanmi? — so‘radi Berns Virjiniyaga murojaat qilib. U muzli sochiqni peshonasiga qo‘yib, 
aftini burishtirdi. — U aynan nimadan afsuslanayotganini eshityapsanmi? O’zini la’nati 
protestantchasiga boshqara olmay qolganidan afsusda. O’zi aslida kimligini bizga bildirib qo‘yganidan 
afsusda. 
— Sening jag‘ing tuzalgandan keyin ham uning qo‘li anchagacha zirqirab yuradi, — dedi Virjiniya. 
— Tinchlanib, hamma narsani unutishga harakat qilsang-chi? 
Bernsning aft-angori o‘zgardi. 
— Basharamdagi g‘urraning kattaligi... — uning ko‘zlari olaydi. — Basharam ko‘karib yotibdi. — U 
inqillagancha muzli sochiqni bo‘yniga surdi. 
Shunchaki, kayfiyatimni ko‘tarish uchun, — qo‘shilib qo‘ydi Palmer, — qara-chi, tishlaring 
butunmikan? Og‘zingdan qonkelgandi. 
— Qani? Qani?  
Palmer gilamni ko‘rsatdi. 
— Tilingni tekizib ko‘r. 
Berns shoshilib yutindi. U tili bilan tishlarini tekshirib ko‘rayotganini Palmer sezib turardi. 
— Bugungi tunni hech qachon unutmaysan, — dedi Berns jag‘ini silab. — Sen bu shaharda adoyi 
tamom odamsan. Endi sen bilan birga ish qilishga, agar tiz cho‘kib, botinkamni yalasang ham, rozi 
bo‘lmayman. 
— Mak, iltimos, — o‘tindi Virjiniya. — O’zingni qo‘lga ol. 
Berns burnini tortdi. 
— Men o‘zimni qo‘lga olganman. — U o‘rnidan turib, keksalarga o‘xshab imillaganicha, oynavand 
devor yoniga bordi. Derazaga ancha vaqt tikilib turdi. Keyin muzli sochiqni ushlab turgan qo‘lini 
pastga tushirdi. Qomatini rostladi. Derazaga ters o‘girilib, deyarli tekis qadamlar bilan barning yoniga 
bordi va muzli sochiqni yog‘och idishga tashladi. Palmerga o‘girilib: — Yaxshisi, sen ket, — dedi. 
Palmer o‘rnidan turdi. 
— Men faqat o‘zimni boshqara olmay qolganim uchun afsuslanaman. Biroq seni urib rohatlandim. 
— Ke, yana bir marta ur. 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Boshqa bir narsadan ham rohatlandim. 
— Qonimga belaganingdanmi? 
— Sendan to‘g‘ri gapni, bor haqiqatni eshitish imkoniga ega bo‘lganimdan — sendan haqiqatni 
eshitganimdan. Va nihoyat, ayrim narsalarga munosabating qandayligini ochiq bildim. 
Palmer divanga o‘tirib, tuflisini kiydi. Dahlizga chiqib, ilgakdan paltosini oldi va yana 
mehmonxonaga mo‘raladi. 
— Sening o‘rningda, — gap qotdi u Bernsga. — Jet-Texdagi protestantning senga o‘xshagan shaxs 
bilan tuzgan bitimi qanday majburiyatlar yuklashiga qiziqqan bo‘lardim. 
— Bayrutlik makkor qasoskor bilan, — gapga qo‘shildi Virjiniya. — Mak, bu hammasi bema’nilik. U 
hozir ketadi, keyin ikkovlaring pishirgan osh ayniy boshlaydi. Bunday qilish kerak emas. 
— Shubhasiz shunday bo‘lishi kerak, — dedi unga Palmer. — Bu odam endi aql bilan ish 
tutolmaydi. 
— Eshityapsanmi? — Berns Virjiniyaga qarab gapirdi. — Men chutzbha demadimmi? Bundan ham 
og‘irroq gap bormi? Ular bizni avvaliga jahlimizni chiqarib, jonimizni bo‘g‘zimizga keltirishadi, keyin 
ahmoqlikda ayblashadi. 
— Mak, — gap boshladi Palmer. — Men oxirgi ikki yuz yilni tarixdan o‘chirib yubora olmayman. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin