Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
Biroq meni jinoyatga sheriklikda ayblab bo‘lmaydi. Shuningdek, men o‘z hiylalaringni protestantlarga 
ag‘darib, ayyuhannos solishingga ham yo‘l qo‘ymayman. Sen qilmishingga yarasha musht yeding. 
Men faqat o‘zimni idora qilolmay, seni urib yuborganimdan afsusdaman. 
— Ket. Yo‘qol. 
— Virjiniya, uyingizga olib borib qo‘yishga ruxsat bering. 
— Kimni, menimi? Yo‘ldan adashgan Mariya Magdalinani-ya? Uyushgan fohishabozlikka reklama 
bo‘limi qo‘shgan hissasini-ya? 
Palmer bir necha soniya unga ta’naomuz boqib, keyin eshikka burildi. 
— Sizlarga amerikalik fuqaro o‘zining ikkita hamyurtiga murojaat qilgandek gapiryapman, — e’lon 
qildi u, — ikkalangni ham jin ursin! 
— Vuds! 
U yana bir bor qayrilib qaradi. 
— Olib borib qo‘yishimni xohlaysizmi yo‘qmi?  
— Men bu yerda biroz qolib, manavi yigitni tinchlantirishga harakat qilaman. 
U yana eshik tomon o‘girilib, ikkilanganicha, to‘xtab qoldi. Uning ongida qandaydir uzuq-yuluq 
jumlalar goh haqiqatga, goh ro‘yoga o‘xshab aylana boshladi. Haqiqatan ham u Virjiniyadan shubha 
qilganmidi? Qanday qilib undan shubha qilishi mumkin? U kim tomonda edi? Umuman biron-bir 
tomon bo‘lganmidi? Yo bu odatdagi, qayta-qayta uning oyog‘iga yopishayotgan, doira bo‘ylab 
aylanayotgan balchiqmidi? 
— Men yana ba’zi bir narsalardan afsusdaman, — dedi u Virjiniyaga qaramasdan. — Aytib o‘tgan 
fikrlarimdan afsusdaman. Umuman, menimcha, men pushaymonman. 
 
 
Ellik sakkizinchi bob 
 
Taksi haydovchisi mashinani bor kuchi bilan Uchinchi avenyu bo‘ylab tepaga haydadi. U qoidaga 
bo‘ysunib yurishga toqati yetmay, mashinani katta tezlikda haydab borar, svetoforning qizil chirog‘i 
yonganda esa keskin tormoz bosardi. 
Palmer haydovchining har gal qizil chiroqqa tushib qolishiga, undan chiqib olish uchun salgina 
bo‘lsada tezlikni o‘zgartirmayotganiga hayron bo‘lib borardi. U bu fikrini haydovchiga aytmoqchi 
bo‘ldi-yu, jim ketishni ma’qul ko‘rdi. Palmer taksidan tushib, old tomoniga betondan nozik ishlov 
berilgan uy eshigini ochdi. U eshik tutqichini shunchalik sekin bosdiki, u atigi bir necha  santimetrcha 
ochildi, xolos.  
Palmer irodasini qo‘lga olishga tirishdi va kuch bilan tutqichni bosib, eshikni katta ochdi. Barmoq 
bo‘g‘inlari zirqirab, asta ichkari kirdi, sekingina eshikni yopib, sovuq havodan issiqqina uyga 
kirganidan sevindi... 
Oshxona eshigini yopib, xona chirog‘ini yoqdi va duch kelgan yog‘och o‘rindiqqa bemajol cho‘kdi. 
Qimirlashga ham majoli qolmagandi. Zinadan chiqayotganda boshi aylanganini esladi. 
Nihoyat u sovutqichni ochib, bir stakan sut quyishga kuch topdi. Sutni icha turib, eshik ortida 
nimadir harakatlanayotganini sezdi. Yuragi muzlab, Edis uyg‘onganini va xalatini kiyayotganini his 
qildi. Va shu zahoti oshxona eshigi lang ochildi. 
Edisning yuz-ko‘zida pardoz izlari qolmagan edi. Feruza rangli kenggina tasma bilan sochlari 
yuqoriga tortib bog‘langan. Buning sababi Palmerga ma’lum. Uning yuziga suriladigan, qandaydir 
oziqlantiruvchi kremga sochlari yopishib qolmasligi uchun shunday qilishga odatlangan. 
Edis bir muddat och jigarang ko‘zlarini qisib, Palmerga ifodasiz qarab turdi. Keyin stol yoniga borib, 
stakandagi sut yoniga qo‘yilgan tuflini oldi va polga qo‘ydi. 
— Vudining bu odatini yo‘q qilish uchun bor-yo‘g‘i o‘n yil kerak bo‘ldi, — gap boshladi u. — 
O’ylaymanki, sen ham o‘zgarishi qiyin odamsan. — U biroz jim qoldi. — basharangga qarab 
bo‘lmaydi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin