Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
— O’zimni yomon his qilayapman. 
— Viski va shampan vinosidanmi? 
— Sotqinlikdan hm. 
U chimirildi: 
— Sotqinlikdan?... Mak Bernsmi? 
— Sen o‘ta sezgirsan. Lekin bu bilan meni hayratda qoldirasan deya olmayman. — Palmer sutli 
stakanni oldi. — U ko‘pdan beri, hatto men bu yerga kelmasimdan avval ham Jet-Texga xizmat 
qilgan. 
— Qo‘lingga nima qildi? — so‘radi u. 
Palmer qovog‘ini soldi. 
— Nima qipti? 
— Vuds, nega so‘rayotganimni bilib turibsan. O’ng qo‘lingga nima qildi? Bo‘g‘inlari qizarib, shishib 
ketibdi. 
Palmer horg‘inlik bilan yelkasini qisdi: 
— Men uni urib yubordim. 
— Berkxardtnimi? 
— Berkxardtni? — Palmer unga sinchkov tikildi: — Jin ursin, bu gapni qaerdan olding? 
— Ana shu ilonning iniga seni aynan o‘sha tiqishtirdi, — dedi ayol. — Ha-a, tushundim. Sen 
nishonni noto‘g‘ri olgansan. Bernsni. 
U tilini aylantirishga ham holi kelmayotgandi. Shuning uchun biroz jim turdi. Keyin: 
— Bo‘lishi mumkin, — deb qo‘ydi. 
— Demak, jamg‘arma banklariga qarshi vatanparvarlik ruhidagi kurash boshdanoq soxta bo‘lgan. 
— Unday emas. Shunchaki, Jet-Tex ularga qo‘shimcha kuch tashladi. 
— Gapingni qara-yu! Yarim kechagacha o‘tkazilgan yig‘ilishlar, shtatning hamma qishloqlarida 
o‘tkazgan ko‘ngilochar sayohatlaring, kecha-yu kunduz uyda bo‘lmasliklaring... hammasi bir pul 
bo‘pti-da?  
U boshini ko‘tarib, Edisga qaradi.  
— Edis. — U jim bo‘ldi. — Eshit. — Uning qo‘li qandaydir tushuniksiz harakat qilib, yana tizzasiga 
tushdi. — Men Nyu-Yorkka kelganimda o‘yin boshlangan, kartalar tarqatilgan edi. 
— Tushunaman. — Ayol uning qo‘lidan bo‘sh stakanni olib, stol ustiga qo‘ydi. — Sen jamg‘arma 
banklar o‘yinini ko‘zda tutyapsanmi? Ularning kartasinimi? 
U jimgina bosh irg‘adi. 
— Biroq, chamasi, yana bitta o‘yin olib borilgan, — gapda davom etdi Edis. — Sen... — U jim bo‘lib 
qoldi. 
— Ha? 
— Hech narsa. — Ayol uning qarshisiga o‘tirdi. — Umuman, ... ga qalaysan? — Ayol gapni keskin 
to‘xtatdi. 
— Nimani so‘rayapsan? 
Edis boshini silkidi. 
— Ahamiyati yo‘q. Boshqa paytda...  
Palmer ayol o‘ziga sinchkovlik bilan tikilib turganini payqadi. U go‘yo tuzukroq ko‘rib olsin 
degandek, qaddini rostladi. Biroq bunday o‘tirishga qurbi yetmadi. U qimirlashga holi kelmayotgan 
bo‘lsa ham uxlaydigan ahvolda emasligini bilib turardi. Mana shunday harakatsiz o‘tirib, nimanidir 
kutish kerak bo‘lsa, u jon deb o‘tiraverardi. Lekin nimani kutayapti? Palmer tushuna olmasdi. 
— Hammasiniyam ahamiyati yo‘q, — Edis o‘ziga-o‘zi gapirayotgandek, o‘ychanlik bilan sekin so‘z 
boshladi. — Bitta narsadan tashqari. Endi nima qilmoqchisan?  
Palmer yelkasini qisishga urindi. Yengib bo‘lmaydigan hafsalasizlik harakat qilishga qo‘ymadi. 
— Ta’zim qilib, ketvoraymi? — mujmal javob berdi u. — Katta shahar meni bir chetga chiqarib 
majaqlab yuborganini tan olaymi? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin