Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
Agar sen bankdan ketsang, oilamiz nima qiladi? Nyu-Yorkni tashlab ketamizmi? Bu uyni tark 
etamizmi? 
Palmer ko‘zlarini yumdi. 
— Hozircha o‘ylaganim yo‘q. 
— Biroq bu aniq ravshan-ku? 
Uning keskin ovozidan Palmer ko‘zini ochishga majbur bo‘ldi. 
— Senga nima bo‘ldi? Mazang qochyaptimi? — so‘radi xotini. 
— Shunchaki... kutilmaganda vaznsizlik holatini his qildim... — u xijolat ichida kulib yubordi va shu 
zahoti Geynts Gaussni esladi. — Quloq sol, — deb gap boshladi u. 
— Ha?  
— Gap shundaki... — U yana jim bo‘lib qoldi. 
— Nimada? 
— Hozir mana shu tortishuvga qarshi bo‘lgan do‘stimni esladim. 
— Vuds, jin ursin, nima haqida gapiryapsan? 
— Eng yangi qonunni ochgan Gauss haqida. 
Edis o‘rnidan turib, sut yuqi stakanni chig‘anoq tepasidagi quritgichga qo‘ydi. 
— Judayam kech bo‘ldi, azizim. Yaxshisi, uxlagani yotishimiz kerak deb o‘ylayman. 
Palmer barmoqlarini shiqirlatdi. 
— Yo‘q hali. 
Ayol o‘girilib unga qaradi: 
— Senga nima bo‘ldi? 
Jin ursin, mana bu zo‘r bo‘ldi. 
— Vuds! 
— Ha — ha. Men senga tushuntirib beraman. Bor-yo‘g‘i ikkita yurish. — U kutilmaganda tanasiga 
quyilib kelgan kuchdan sapchib turib keldi, oyoqyalang holda oshxonaga qarab yura boshladi. — 
birinchisi unchalik murakkab emas. Ikkinchisi makkorona reja. 
U kapalaknusxa bo‘yinbog‘ini yulib oldi va tugmachasini yechdi. 
— Mehribon egam! — Yana kuldi. — Bu, balki, hatto ish yurishib ketar. 
— Vuds, vaqt yarim tundan og‘di. 
U soatiga qaradi: 
— Ertalabgacha hech narsa qilib bo‘lmaydi. 
— Unda, balkim uxlarmiz? 
U boshini qattiq chayqadi. 
— Reja tuzish uchun menga ko‘p vaqt kerak. — U jim turib qoldi va xotiniga o‘girildi: — Edis, 
qahva qaynatib berolmaysanmi? 
— Shu paytgacha nega aytmading? 
— Mayli, — bidirladi u. — Albatta. Ishga kirish. Men tushuntirib beraman. 
Butun diqqat-e’tibori Palmerda bo‘lgan Edis beixtiyor  qahva qaynatgichni oldi va unga suv quya 
boshladi.                   
— Eshitaman. 
— Mayli. — Palmer eshik yonigacha borib, ortga qaytdi. — Qahvani mening xonamga olib kiramiz. 
Hamma kerakli ma’lumotlar o‘sha yerda, to‘g‘rimi? 
— Qanaqa kerakli materiallar? 
— “Direktorlarning ma’lumotnomalari”, “Qurolli kuchlar ta’minotiga rahbarlik qilish”. Vashington 
ham ana shu vaqt mintaqasida... Albatta. Yaxshi. Ajoyib. Qahva nima bo‘ldi? 
— U senga judayam zarur deb o‘ylamayman. 
— Zarur. Hamma detallar Shveytsariya soatidagiga o‘xshatib joyiga qo‘yilishi kerak... 
 
 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin