Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
sizda nimani ko‘radi? Unga qandaydir foyda keltiruvchi epchil ishbilarmon zarur. Vakolatingiz 
tugagach, siz kim bo‘lasiz? Uni siz bilan qanaqa rasmiy bitimlar bog‘lab turadi? YuBTK esa sizni 
ochiqchasiga yollaydi. Bu – hammaga ma’lum narsa. Agar bizga ishingiz yoqmasa, sizdan ajralmoqchi 
bo‘lsak, sizga shartnomada qolgan muddat uchun haq to‘lashimiz kerak. Lumis-chi, u ham to‘laydimi? 
Uning sizga, aslida, “xayr” deyishdan boshqa qarzi bormi?  
Berns indamadi. Keyin:  
— Tashvishlanmang. O’yindan bir qadam oldinda yurish uchun aqlim yetadi, — dedi. 
— Agar birorta aqlli odam bo‘lsa, u haqiqatan ham siz. Biroq, Mak, hozir aytmoqchi bo‘lganim siz 
uchun o‘ta dahshatli bo‘lmasa kerak. O’yin sharti o‘zgardi. 
— Tushuntiribroq gapiring. 
— O’yin o‘zgardi. Avvalgi, hammamiz o‘ynagan o‘yin. Men uni o‘zgartirdim. 
— Nima?  
— Men bilganimcha aytdim, Mak. Yana bitta maslahat berishim mumkin:  ertaga kunduzi, soat 
uchu o‘ttizlarda Lumisga qo‘ng‘iroq qiling. 
— Nima uchun? 
— Ungacha hammasi ravshan bo‘ladi. Yangi o‘yinni tushungan zahotingiz hech ikkilanmay, men 
bilan gaplashing. Agar siz oldindan mo‘min bola bo‘la olsangiz, men hamisha o‘yinda sizning 
aqlingizdan foydalanaman. 
— Palmer, nima deyapsiz?  
— Aynan shunday, — qat’iy gapirdi Palmer. – Raqib sifatida siz o‘ta qimmatli insonsiz. Ertaga, 
peshindan keyin nima bo‘lganini ko‘rganingizdan keyin, baytalingizga ham bir qarab qo‘yasiz. Keyin 
menga qo‘ng‘iroq qiling. 
— Uchu o‘ttizda qanday voqea ro‘y beradi? 
— Aynan o‘sha paytda emas, shu vaqt atrofida, — uning gapini to‘g‘riladi Palmer. Agar ko‘rsatilgan 
paytda ham ishtiyoqingiz bo‘lsa, meni burdalab tashlash uchun vaqt topa olasiz. 
U go‘shakni joyiga ildi. 
Palmer yakshanba kuni yarim tunda yaqin uyquga yotib, erta tong – soat beshda turdi. Uyquga 
to‘ymagani, to‘xtovsiz suhbatlar, bilvosita shamalar, ish rejasini qayta-qayta o‘qish, telefondagi har bir 
suhbatni baholash va qayta baholash, ohang va alohida urg‘ularni tahlil qilish – bularning hammasi 
boshida to‘xtovsiz g‘ujg‘on o‘ynay boshladi. U o‘rindan turib, u yoq-bu yog‘ini qoqdi, kabinetiga kirib
qolgan ishlarning uzil-kesil rejasini tuzdi va ularni qog‘ozlarga yozib, hamyoniga soldi. Soat oltilarda 
vannaga iliq suv to‘ldirib, yelka va bo‘ynidagi og‘riqni ketkazish umidida suvga tushib, yotdi. 
Soat yettida Edis uni suv ichida uxlab yotganini ko‘rib, qo‘rqqanidan qichqirib yubordi. Vahimali 
ovoz Palmerni uyg‘otdi. U cho‘chib tushib, osuda iliq suv bag‘rida chor-nochor tipirchilay boshladi. 
Nima deysan, jin urgur?         
— Vuds, aqldan ozib qolibsan. Uxlab qolibsan-ku. 
U tushunmayotgandek ko‘zini pirpiratdi: — Soat necha bo‘ldi? 
— Yetti. – Ayol uni ko‘zdan kechira boshladi. – Keyingi paytlarda ozib ketding. 
— Rostdanmi? 
— Bemalol qovurg‘alaringni sanasa bo‘ladi. 
— Hmm. 
— Anavi nima? 
Palmer qorniga qarab, sarosimaga tushib qoldi. 
— Nimaykan? 
— Anavi dog‘. Anavi yeringdagi. 
U shu zahoti Virjiniya kindigining yonini tishlab olganini esladi. Favqulodda hayratga tushgan odam 
kabi Palmer asta-sekin o‘z qornini ko‘zdan kechirdi va dog‘ qandaydir irkit qora-qo‘ng‘ir rangga kirib 
qolganini, tishlanganga o‘xshamasligini ko‘rdi.  
— Palmer o‘zini dog‘ni ko‘rmaganga soldi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin