Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
tikilishi mashhur aka-uka Brukslar buyumlariga o‘xshamasdi. Boshqa har qanday rusumdagi mashhur 
kostyum ham bunga tenglasha olmasdi. Faqat oq ko‘ylagigina uncha qovushmay turardi.  
— Leyn, — takrorladi Berns, — mijozim meni xabardor qilib turadigan bo‘lsa, mening reklama va 
axborot sohasidagi mutaxassisligim qaerda qoldi? Leyn, axir, siz judayam band odamsiz. Ruxsat 
eting, Vudi haqida sizga axborot beray. 
Oraga qisqa jimlik cho‘kdi. Palmer bu ikki odam bir-birini yoqtirmasligini his etdi. Bu odam bilan 
muomalada bo‘lishga majbur ekanligi Berkxardtning g‘ashini keltirardi. Berns esa kutdirib 
qo‘yishganidan alamzada edi. Hozirgi paytda Palmer bu ikki odamning bir-birini xush ko‘rmasligi qay 
darajaga yetganini hali aniqlay olmagandi. Ularning har ikkalasi ham bir-biriga nafratini oshkora 
ifodalaydiganlar toifasidan emasdi. 
— Mayli, Mak, — dedi Berkxardt stolga qaraganicha xotirjam, — navbat sizniki, qani, gapiring. 
— Vuds Palmer-kenjatoy, — dedi Berns va jilmayib Palmerga qaradi. Bu qarashidan u ushbu 
vaziyatdan keskin noroziman deganday bo‘lardi. U Palmerga diqqat bilan qarab so‘zida davom etdi: — 
Dekabrda u qirq besh yoshga to‘ladi. Illinoys shtatidagi Glenko shahrilik Edis Edisonga uylangan. 
Uning Vuds Palmer-uchinchi degan o‘g‘li, Jeraldina ismli qizi va to‘qqiz yoshli Tom degan o‘g‘li bor. 
Ikkinchi jahon urushi paytida unga harbiy havo kuchlari podpolkovnigi unvoni berilgan va u ko‘pincha 
razvedka qilish xarakteridagi topshiriqlarni bajargan. U...  
— ... bankir bo‘lish uchun haddan tashqari mohir, jin ursin, — Bernsning so‘zini ilib ketdi qariya, — 
ammo, Mak, sizga mos tushishi uchun yetarli darajada ayyor ham. 
— Siz mening axborotimni oxirigacha eshitishni istamayapsizmi? — so‘radi istehzo bilan Berns. — 
Mening idoram bunga ancha vaqt sarfladi. 
— Bunday ish hammaning ham qo‘lidan keladi, — dedi Berkxardt past ovoz bilan. — Biroq 
hammasidan ko‘ra, meni u haqda ma’lumot to‘plash uchun nega o‘z idorangizga topshiriq berganingiz 
qiziqtiradi, axir, uning yangi lavozimga tayinlanishi hech kimga ma’lum emasdi-ku. 
Berns og‘zini beo‘xshov qiyshaytirdi, lablari qimtilganday bo‘ldi. U yelkalarini qisib, gapira ketdi: 
— Leyn, siz meni yollaganingizda, eng yaxshi kadr sifatida tanlab olgandingiz. Sizni men qanday 
qilib yaxshi bo‘lganligim qiziqtirmasdi. Sizga men kerak edim, shuning o‘zi kifoya edi. 
— Tag‘in kasb-korlik sirlarimi? — to‘ng‘illadi Berkxardt. 
— Nima, ko‘zboyloqchi o‘z nayranglarini qanday amalga oshirishini izohlab o‘tiradimi? — so‘radi 
Berns. 
— Demak, men nayrang uchun pul to‘lar ekanman-da? — dedi Berkxardt sal oldinga intilib. 
— Yo‘q, albatta, — e’tiroz bildirdi Berns. U oromkursi suyanchig‘iga yastanib, o‘z boshlig‘iga 
nazokat bilan jilmaydi. — Yo‘q, aslo, — siz nayrang uchun to‘layotganingiz yo‘q, — davom etdi Berns
— ammo Leyn... — va bu so‘z ham havoda muallaq turib qoldi... — Siz chindan ham sehrgarni 
yolladingiz. Faqat sehrgargina siz uchun shunday nayranglar ko‘rsata oladi. 
Yana jimlik cho‘kdi. Palmer bu ikki erkak o‘zaro munosabatlarining yangi bosqichiga kirganliklarini 
tushundi. Ular o‘rtasidagi nafrat hashamatdan zaruratga aylandi. 
 
 
Oltinchi bob
 
 
Restoran uncha katta emas, lekin saxiylik bilan bezatilgandi. Uning yagona tor va uzun zaliga 
rokoko uslubidagi murakkab bezakli oq-pushti rang romlardagi ko‘zgular ilib tashlangandi. Zalning 
xira yorug‘ida Palmer oynalar naqshini uncha ilg‘ay olmadi. Ko‘zini qisgan holda qo‘lidagi qadahga 
nigoh tashlab, uni asta labiga olib bordi va shoshmasdan oxirigacha ichdi. 
Uning qarshisidagi stol yonida Mak Berns o‘tirar va past ovozda telefon go‘shagiga allanimalarni 
gapirardi. Restoranga ular ikkalasi kelishdi. Burchakdagi stol atrofiga o‘tirishlari bilan Mak Bernsga 
telefon tutqazishdi. 
— Yo‘q, azizam... — dedi Berns sovuq bir ovozda. — Bilganini qilsin, jo‘natvor uni... — Lekin uning 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin