Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
— Albatta, yo‘q. 
— Unda men senga to‘g‘risini aytaman, Vudi. Buni men kerak deb hisoblayman. Gap ikki narsa 
haqida. Birinchisi o‘zingga ma’lum. Garchi o‘tgan vaqt ichida buning naqadar muhimligini unutgan 
bo‘lsang-da. Men jamg‘arma banklari bilan bog‘liq janjalli voqealarni nazarda tutayapman. Buning biz 
uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanini aslo unutmaslik kerak. Ochig‘ini aytganda, buning 
hammasi senga bog‘liq. 
— Men unga rozimasman. 
— Ko‘rinib turibdi. 
Palmer boshlig‘ining ovozida keskin ohangni his etdi. 
— Unda senga sodda shaklda tushuntirishga ruxsat ber. Bizlar, ya’ni tijorat banklari bu olishuvda 
yutib chiqishimiz kerak, aks holda ular bilan raqobat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa bizni 
xonavayron qiladi. Jamg‘arma banklari bizlar uchun o‘tmishda ham xavf tug‘dirardi. Lekin hozirgidek 
tahdidli emasdi. Bu yil ular g‘olib kelish uchun butun imkoniyatlarini ishga solyaptilar. Odamlar, pul, 
rejalashtirish hammasi shunga qaratilgan. Barcha tijorat banklari bu kurashga bizning bankimiz 
boshchilik qilishini kutayotir. Va biz sendan dadil sa’y-harakatlarni kutmoqdamiz. Sen nima qilgan 
taqdiringda ham, qanchadan-qancha hujjatlarga qo‘l qo‘yganingda ham biz uchun senga topshirilgan 
asosiy ish mana shu, allaqanday o‘tkinchi ishlar emas! 
— Har holda bu narsa bank ishlariga bevosita daxldor emas. 
— Yo‘q, albatta, — rozi bo‘ldi Berkxardt. — Sen uni qanday atasang: reklama, siyosatdonlik, hatto 
izquvarlik debmi-ey, ixtiyor o‘zingda. Faqat shuni unutmaki, sen bank vakilisan, yana qanday bank va 
buni ko‘ngildagidek amalga oshirish uchun chinakam bankir bo‘lish kerak. 
— Buni hamisha esda tutish unchalik oson emas. Berns bilan tungi klublarda vaqt o‘tkazish bilan 
ovora bo‘lish va u tiqishtirgan mallasochlardan qochib qutulishning o‘zi bo‘lmaydi. 
— Xuddi ana shu meni suhbatimizning ikkinchi moddasiga o‘tishga majbur qiladi, — ehtiyotkorona 
davom etdi Berkxardt. — Bizning bankimizda o‘z axloq kodeksimiz mavjud. U har bir ilg‘or korxonada 
bo‘ladi. Bu kodeks, masalan, harbiy dengiz flotidagi singari qattiqqo‘l  yoki yakshanbalik 
maktabidagidek zararsiz emas. Lekin baribir u mavjud. Biz o‘z xodimlarimizdan muayyan xatti-harakat 
belgilarini talab qilamiz va bunday masalalarda ularga ishonamiz. 
Berkxardt jim bo‘ldi, Palmer qoshlarini chimirib o‘z oromkursisida oldinga siljidi. Qariya nega jimib 
qoldi? Balki fikridan chalg‘ib ketgandir? Palmer jim o‘tirib, kutdi. 
— Eng muhim talablarimizdan biri shundaki, xizmatchilarimizning shaxsiy muammolari ularning 
uyida qolsin va ishga xalaqit bermasin, — yana gapga kirdi Berkxardt. 
— Shundaymi? — so‘radi Palmer gap nimadaligini hali tushunmay turib. 
— Biz, albatta, bunga hamisha ham muvaffaq bo‘lolmasligini bilamiz, lekin shunga ishonamizki, 
hamma shu tartibga amal qiladi. Ishonch bilan ayta olamanki, bu borada kamdan-kam yanglishamiz. 
— Shunaqami? — takrorladi Palmer. 
— Menga xushomadni bas qil, jin ursin! Nima haqida gapirayotganimni tushunib turibsan-ku, axir. 
— Yo‘q, tushunmayapman, — dedi qat’iy Palmer va keskin so‘radi: — Sen ish vaqtida shaxsiy 
ishing bilan shug‘ullanayapsan, demoqchisiz, shundaymi? 
Unga javob berish o‘rniga Berkxardt birdan gapni boshqa yoqqa burdi. 
— Bilasanmi, bir vaqtlar ushbu muassasa ancha kichik, maoshlar ham juda kam bo‘lgan paytlarda 
bizlar ham butunlay boshqacha ohangda gaplashgan bo‘lardik. Masalan, men aytgan bo‘lardim: 
«Quloq sol, Bill, bu narsaning menga mutlaqo daxli yo‘q, men unga aralashishga urinmayman ham, 
lekin...» yoki shunga o‘xshash biror narsa. Afsuski, Vudi biz juda katta ishni boshlab qo‘yganmiz, 
maoshlar ham shunga yarasha bo‘ladi. 
— Nimalar deyapsiz? — dedi hayron bo‘lib Palmer. 
— Ko‘rayapsan-ku, bularning hammasi menda ham aks etadi, shuning uchun aralashishga 
majburman. Aralashmasdan ilojim yo‘q. O’tmishda esa... Lekin biz o‘tmishda yashayotganimiz yo‘q va 
sening ishing biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin