www.ziyouz.com kutubxonasi
50
— Leyn, xudo haqi, aytsang-chi, o‘zi nima gap?
— Edis, — dedi qariya va uzoq jim qoldi.
— Edis? — so‘raganday qaytardi Palmer.
— Aniqrog‘i, sen Edis bilan, — javob berdi Berkxardt. Yana jimlik cho‘kdi. Palmer uning og‘ir nafas
olayotganini eshitdi. — Bunaqasi ketmaydi, Vudi, bu telefonda aytadigan gap emas. Yaxshisi klubda
gaplasha qolaylik. Aytaylik, soat beshu o‘ttizda...
— E-e, yo‘q, bunaqasi ketmaydi, — dedi Palmer. — Men sizni hoziroq ko‘rishim kerak. Osongina
qutulib ketaman deb o‘ylamang.
— Demak, beshu o‘ttiz.
— Leyn, men... — telefonni uzishdi.
Palmer g‘azab bilan «Brkxrdt» yozuvli tugmachani bosdi. Barmog‘i og‘riguncha shu tarzda bosib
turdi. Nihoyat, Berkxardt kotibasining ovozi eshitildi.
— Eshitaman, mister Palmer.
— Meni mister Berkxardt bilan bog‘lang.
— Urinib ko‘raman, ehtimol unga liftda yetib olarman.
— Urinib ko‘ring! — qizga baqirib yubormaslik uchun u tishlarini qisdi, so‘ng xotirjam ohangda: —
Umuman, keragi yo‘q, — dedi.
Palmer telefon go‘shagini joyiga qo‘ydi, o‘rnidan turib deraza yoniga keldi. So‘ng bolalari
tasvirlangan haykalga qaradi. Har tarfdan yog‘ilib turgan nurda farzandlarining yuzlari juda g‘alati
ko‘rinardi.