Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
bilan bo‘lib Palmer. Keyin jim qoldi va yelkalarini qisdi. — Juda afsusdaman, lekin menda ta’qib qilish 
belgilari paydo bo‘layotir. Bu Berns menga shunday ta’sir qilayotganidan dalolat, — qo‘shib qo‘ydi u. 
Berkxardt javob bermadi. Jimlik yanada cho‘zildi, chunki ofitsiant viski olib kelgandi. Qadahdagi 
muz parchalarini aralashtirarkan, Berkxardt hamon jim o‘tirardi. Palmer qariya meni kechirim 
so‘rashga majbur etmoqchi shekilli, deb sukut saqlar va bu yog‘i nima bo‘lishini kutardi. 
Viski quyilgan qadahni labiga tekkizib, Berkxardt Palmerga o‘girilib so‘radi: 
— Bugun tushdan keyin qaerlarda qolib ketding? 
Palmerning javob berishga shoshilmayotganini ko‘rib, Berkxardt qo‘shimcha qilishga shoshildi: 
— Men qamchi bilan savalash uchun so‘rayotganim yo‘q. Mening rostdan ham buni bilgim 
kelayapti. 
— Sayr qildim. Vaqtni o‘tkazish uchun sayribog‘dagi kursida o‘tirdim. 
Berkxardt o‘zicha nimadir deb to‘ng‘illadi-da, viskidan bir qultum ichib, boshini quyi soldi. 
— Demak, — dedi u, — men bu masalani o‘z vaqtida ko‘targan ekanman-da? 
— Qanaqa masalani? 
— Sening Edis bilan munosabating masalasini, — tishini g‘ichirlatdi Berkxardt. — Ayni o‘z vaqtida, 
keragidan bir daqiqa ham oldinroq emas, — takrorladi u tantanavor ohangda. 
— Demak, ertalab telefonda siz shu haqda gapirgan ekansiz-da? — so‘radi Palmer. — Avvallari 
buning sizga aloqasi yo‘q edi. Endi esa, vaziyat o‘zgargach, bu sizning ishingiz bo‘lib qolibdi-da? 
— Mutlaqo to‘g‘ri, — rozi bo‘ldi Berkxardt. 
— Edis bilan mening oramda nimalar bo‘layotganini ehtimol siz tushuntirib berarsiz? 
— Yo‘q, albatta, — dedi Berkxardt. 
— Kimdir ayta oladimi? 
— Faqat sening o‘zing. Yoki Edis. — Berkxardt darhol qo‘shib qo‘ydi: — Men, tabiiyki, Edisga biror 
narsa demoqchi emasman. 
Palmer g‘azabi so‘na boshlaganini his etdi. Uning Berkxardtga rahmi kelib ketdi. Qariya hazilakam 
tashvish tortib, qayg‘uga botmagandi, axir?! 
— Bu chetdan qaraganda qanday ko‘rinadi? — so‘radi Palmer do‘stona ohangda. — Juda 
yomonmi? 
— Yo‘q, aslo yo‘q, — dedi qariya, qo‘lidagi qadahdan ko‘z uzmay. — Bu sen uchun, Vudi, juda 
qaltis mavzu ekanini tushunib turibman. Men otangni juda yaxshi bilardim. Otangchalik bo‘lmasa-da, 
onangni ham bilardim... U so‘zini davom ettirgisi kelmadi. 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin