Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Shishaga qarab turgan Palmerga birdan ayol kulgisi eshitildi. U keskin orqaga o‘girildi, xonada hech 
kim yo‘q edi. Qiziq, qayoqdan keldi bu ayol kulgisi? 
Palmer eshik oldiga keldi va ostonada to‘xtadi. Yo‘lakning narigi tomonidan qandaydir ovozlar 
kelardi. Palmer yumshoq gilam ustida ohista yurib eshikkacha keldi. Bu reklama va axborot 
bo‘limining eshigi edi. U xona ichkarisiga mo‘raladi. Yorug‘ nurdan uning ko‘zlari qamashib ketdi. Bu 
bo‘lim xonasi ham Palmerning xonasi singari oddiygina ekan. Unda sakkiz kishi ishlardi. Xonaning 
yarmi to‘sib qo‘yilgan edi. Bu yerda bankning reklama va axborot masalalari bilan shug‘ullanuvchi 
vitse-prezident o‘tirishi kerak edi. Biroq bankda bu lavozimda hech kim yo‘q edi: Berkxardt uni 
ortiqcha deb hisoblardi. Bunda u Palmerning tajribasini e’tiborga olib shunday o‘ylardi. Mazkur bo‘lim 
mudiri vazifasini miss Kleri bajarardi. Bo‘limda bundan tashqari yana ikkita xodim, ikkita texnik kotiba 
va yugurdak hamda ekspeditor vazifasini bajaruvchi rotatorchi1 ishlardi. 
Virjiniya Kleri stolning bir chekkasida o‘tirib, qizlardan bittasi gapirib bergan narsa xususida 
kulayotgan edi. Palmer bu qizning familiyasini doimo chalkashtirib yurardi. Palmerning liftda tepaga 
ko‘tarilganini bu yerdagilarning hech qaysi biri eshitmagandi. 
— Xuddi o‘sha narsa menda ham yuz berdi, — dedi miss Kleri. — Faqat shotland viskisi o‘rniga 
allaqanday aralashma ekan. 
U o‘rnidan turib, qo‘llari bilan sonlarini silab qo‘ydi, qora yubkasini to‘g‘riladi. Keyin, yozuv 
mashinkasida ishlayotgan qizga engashdi: 
— Shoshilsang-chi, kech qolib yurma tag‘in... 
Palmer yarim ochiq eshik oldida turib, ularni kuzatardi. Bu yerdan unga orqa o‘girib turgan qizning 
faqat yelkasi ko‘rinardi, lekin u Virjiniya Klerini, uning qaddi qomatini yaqqol ko‘rib turardi. 
Virjiniya Kleri Nyu-Yorkdagi bank ishlari va barcha ishbilarmon doiralar bilan bog‘liq hamma gazeta 
va jurnallarning reporter va muharrirlarini bilardi. Shuning uchun ham bank boshqarmasi unga yiliga 
o‘n bir ming dollar maosh to‘lashni lozim topdi. Lekin har qanday vaziyatda ham Kleri kotib 
yordamchisidan yuqori lavozimga ko‘tarila olmasdi. Ammo hozir unda bu lavozim ham yo‘q edi. Bunga 
erishguncha hali ko‘p suvlar oqib o‘tishi lozim. Agar uning o‘rnida erkak kishi ishlaganida boshqa gap 
edi. 
— Bo‘pti, — dedi Kleri, — endi bularning hammasini ovoz chiqarib o‘qi. Men boshliq uchun uning 
nusxasini solishtirib chiqaman. Keyin uyga ketishing mumkin. 
— «Yunayted benk end trast kompani» xabari, — deya o‘qiy boshladi qiz. — Nyu-York Siti. Ushbu 
ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan 4108 telefoni orqali Virjiniya Kleriga murojaat 
qilinsin. 7 oktyabr, chorshanba kuni ertalabki gazetelarda bosib chiqarilishi mo‘ljallanmoqda...» 
— Yo‘q, — uning so‘zini bo‘ldi Virjiniya Kleri. — Kelinglar, «ertalabki gazetalarda» so‘zini o‘chiramiz. 
Oddiy axborot matnini bunchalik bo‘rttirish kerakmas. Menga sarlavhasini qaytarib o‘qi-chi... 
— «Jamg‘arma banklari sotsializmning maxfiy ravishda kirib kelishiga ko‘maklashmoqda, — dedi 
Palmer Long-Aylend ishbilarmon doiralarining vakillariga». 
— Davomini o‘qi. 
— «Kecha kechqurun «Yunayted benk»ning birinchi vitse-prezidenti Vuds Palmer-kenjatoy Nassau-
Saffolk tumani ishbilarmonlar doirasi rahbarlarining yig‘ilishida jamg‘arma banklarini sotsializmning 
kirib kelishiga yordam berayotganlikda aybladi, — deb o‘qidi qiz, — bu narsa xususiy tashabbus 
hisobiga amalga oshirilmoqda. 
U Long-Aylend ishbilarmon doiralarining vakillariga Qo‘shma Shtatlarning rivojlanishi va gullab 
yashnashi aynan xususiy tashabbusga asoslangan ekanini eslatib o‘tadi. Xususiy tashabbus hamisha 
ularning amaliy muvafaqqiyatiga xizmat qilib kelgan. Ammo jamg‘arma banklari, deb uqtirdi u, o‘z 
sohibiga ega emaslar. Ularda aktsiyalarning egalari ham, sof sarmoya ham yo‘q. Buning o‘rniga 
banklarda o‘zboshimcha to‘dalar hukmronlik qilmoqdalar, ularga hech narsa qarshilik qilmayapti. Ular 
qishloq joylariga kirib borib, mog‘or bog‘lamoqdalar, tevarak atrofdagi mavjud barcha erkin pullarni 
yutib yubormoqdalar va ularni cheklangan sohalarga sarflamoqdalar. Bundan esa hayotning barcha 
sohalari zarar ko‘rmoqda... quyida Palmerning uchrashuvda so‘zlagan nutqining matni to‘la 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin