Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
— Yo‘q, — dedi Jerri. — Bizning chordog‘imizda ari in qo‘yibdi. Ular meni ertalabdan uyg‘otadi. 
Qaerdan gapirayapsiz? 
— Nyu-Yorkdan. Qanday yashayapsizlar? 
— Juda zo‘r. 
— Vudi qanday? Tom-chi? 
— Juda zo‘r. 
— Oyingni telefonga chaqir. 
— Oyim hozir bu yerda yo‘qlar. 
— Bo‘lmasa uni izlab top, Jerri. Men kutib turaman. 
— Men qaerdan qidirishni bilmayman. 
Palmer nafasini rostladi, xotirjam bo‘lishga urindi. 
— Jerri, go‘shakni qo‘y-da, uni chaqir. Shunday baqirki, u eshitsin. Xo‘pmi? 
Bordi-yu, u uyg‘onmagan bo‘lsa-chi? Agar baqirsam uyg‘otib yuboraman-ku. 
— Menga quloq sol, — dedi sekingina Palmer. — Fol ochishning hojati yo‘q. Men aytganimday qil, 
Jerri. Axir, men juda olisdan telefon qilayapman-ku. 
— E-e... — qat’iyatsizlik bilan cho‘zdi qizcha va birdan shunday qichqira boshladiki, otasining 
qulog‘ini teshib yuboray dedi: — Oyi! Oyi! Hoy, Oyi! 
— Go‘shakkamas, Jerri! 
— Oy-yi! 
Tashlab yuborilgan go‘shak telefon stolining taxtasiga taraqlab urildi. Palmer qizi Jerrining ovozi 
uzoqlashib borayotganini eshitib turdi. U yana yostiqqa bosh qo‘ydi va qizining eski uylari bo‘ylab 
qanday chopayotganini tasavvur qildi. Balki u hozir pijamadadir, ehtimol shortidadir. Jerri Palmerga 
o‘xshardi, bu qiz uchun juda qulay, deb o‘ylardi u. U yoshiga nisbatan ancha bo‘ychan edi. O’n bir 
yoshda onasi Edis bilan tenglashib qolgandi. Oyoqlari Palmer oyoqlari singari uzun, yuzi ham 
otasining yuziga juda o‘xshab ketardi. Jerridan zo‘r manekenchi chiqishi mumkin-da, o‘yladi Palmer va 
soatiga qaradi. Oradan besh daqiqa o‘tibdi. Agar go‘shakka baqirsa, Jerri eshitarmikin? Qayoqqa ketdi 
ekan-a? 
Ko‘l bo‘yidagi uy Palmerning buvasi tomonidan, Mak-Kinli o‘ldirilishidan ko‘p o‘tmay qurilgandi. 
Uydan ko‘lgacha uch yuz metrli taxta yo‘lak eltardi. Palmerning xotirasida bolalik chog‘lari, ana o‘sha 
uylari bilan bog‘liq esdaliklari saqlanib qolgandi. 
Palmer yana soatiga qaradi: sakkiz daqiqa o‘tibdi. U karavot chetiga o‘tirib, yerda sochilib yotgan 
«Tribyun» sahifalariga qaradi. Reklama sahifasida cho‘milish kiyimidagi qiz maftunkorona unga qarab 
turardi. 
Berkxardt bugungi kunni YuBTKning1  rahbar hodimlari bilan kengashga bag‘ishlamoqchi edi. 
Palmer Berkxardtning ham qo‘ng‘irog‘ini kutayotgandi, u uchrashuv vaqtini aniqlashtirish niyatida edi. 
— Dada! — Jerrining ovozi eshitildi. 
— Ey, xudo! — telefonni bunchalik band tutib turish mumkin emasligini nahotki tushunmasang?..  
Men oyimni topolmayapman, — uning gapini bo‘ldi qizi. 
— Mayli, — dedi Palmer jahli chiqqanini bildirmaslikka urinib. — Unga ayt... yo‘q, yaxshisi, qalam 
olib yoz... 
— Xo‘p bo‘ladi. 
Yozib ol, — dedi Palmer ancha xotirjam ovozda. — Birinchi vitse-prezident... 
— Yozayapman. — Jimlik. — Vitse-prezident so‘zida nechta «e» bor? 
— Voy xudoyim-ey, Jerri! 
Palmer o‘zini sal bosib olish uchun chuqur nafas oldi. 
— Yoz: «Yunayted benk end trast kom...» 
— Voy-voy. Yunayted, qolgani nima? 
Palmer ko‘zini yumdi va xotirjam ovozda takrorladi: 
— ... benk end trast kompani... Endi marhamat, yozganingni o‘qib ber-chi. — U diqqat bilan 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin