Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
odamga hamisha madad berib turmog‘i, salbiy xususiyatga emas, ijobiy xususiyatga ega bo‘lishi 
darkor edi. Urushga qadar menda bunday maqsad bo‘lmagan. Men uning o‘g‘li edim. Urush paytida 
shunga amin bo‘ldimki, men mustaqil shaxs bo‘la olaman va buning uchun zarur bo‘lgan qobiliyatga 
egaman. 
Palmer jim qoldi, aytgan so‘zlarining ta’sirini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shu paytgacha qahvali 
finjonga qadalib turgan Edisning nigohi birdan Palmerga qaratildi. 
— Qanaqa maqsad edi u? — so‘radi Edis. 
— Foydali bo‘lish, odamlarga foyda keltirish, — dedi Palmer. 
Edisning ingichka, rangpar qoshlari chimirildi. 
— Endi men seni tushunayapman, — tan oldi Edis. 
— Otam o‘lgach, davom etdi Palmer, — uning hamkasblari bo‘lgan yuzlab bankchilar, siyosatchilar 
va ishbilarmonlar uni an’anaviy ehtirom bilan dafn etdilar. U o‘z hayotini burchiga sadoqat bilan 
xizmat qilishga bag‘ishladi. U o‘z ishiga o‘ta sadoqatli va namunali fuqaro timsoli edi. Sen bularni 
eshitgansan. Lekin hech o‘ylab ko‘rdingmi, qanchadan-qancha mayda muttaham qalloblar otamni 
nega buncha ko‘klarga ko‘tarib maqtaydilar? Bema’ni odamlarning maqtovi har qanday haqoratdan 
ham yomon. 
— Lekin u foyda keltirardi-ku, axir? — e’tiroz bildirdi Edis. 
— Sen u pul berardi demoqchisan-da? — e’tiroz qildi Palmer. 
— Muhtojlarga pul berish — foydali bo‘lish demakdir... 
— Pul berish — og‘izni moylab qutulishning arzon usulidir, — uning gapini bo‘ldi Palmer. Bunda 
odam emas — uning chek qog‘ozi ishtirok etadi. 
— Endi men hech narsa tushunmayapman, azizim. 
— Otam faqat pul berardi,  — Palmer sekinroq gapirishga harakat qildi. — odamlarga foyda 
keltirish uchun, chek qog‘ozini emas, o‘z shaxsining bir qismini berish lozim. 
— Demak, sen o‘z shaxsingning bir qismini berishni istaysan? 
— Men nima to‘g‘ri deb o‘ylasam, shuni qilaman, — dedi u. — Men alohida shaxsman, faqat pul 
sarflaydigan bankirning o‘g‘li emasman. Men foyda keltirish haqida gapirganimda shuni nazarda 
tutgan edim. Mana, gap nimada. 
Oraga jimlik cho‘kdi. Ularning hech biri sukunatni buzmadi. Edisning yuzi his-tuyg‘ularini aks 
ettirmasdi. 
— Sen meni tushunayapsanmi? — dedi Palmer, — Masalan, sen uyga, qurilishga sarflayotgan 
mehnating. Sen buni uddallayapsan, foyda keltirayapsan, unga o‘z shaxsingning bir qismini 
qo‘shayapsan. 
Edis uning yuziga qaradi. 
— Vuds, — dedi u sekin. — Men... — U o‘ylanib qoldi. — Nimagadir sen haqsan, albatta. 
Darhaqiqat, bu yerda foyda borligi ko‘rinib turibdi. Ana shu menga zavq beradi. Lekin gap bunda 
emas. Zavq — bu natija. Sababi esa shunda-ki, bu g‘anim va ikkiyuzlamachi shaharda men qiladigan 
ish yo‘q. 
— Edis! 
— Men bu yerda hech kimni bilmayman, — davom etdi Edis bo‘g‘iq ovozda. — Hech kimni bilishni 
ham istamayman. Men ular uchun hech narsaman. Chikagoda o‘z obro‘yim, salobatim bor edi. Bu 
yerda esa... 
Palmer jimib qoldi. Edis qahvali finjonni unga qarab surdi. 
— Harholda, — dedi u, — bu vaqtinchalik qiyinchiliklar, ularni yengishga harakat qilaman. Biz 
uyimizda do‘stlarni kutib ola boshlasak, hammasi iziga tushib ketadi. — Edis jim qolib, uning javobini 
kuta boshladi. 
Lekin Palmer indamay turardi, shunda Edis yana gapirdi: 
— Lekin, afsuski, azizim, sen bilan yuz berayotgan narsa, vaqtinchalikka o‘xshamayapti. 
Palmer aftini burishtirdi: 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin