Filologiya fakulteti


Bo„lishsizlik  olmoshlari



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/50
tarix31.12.2021
ölçüsü0,85 Mb.
#111453
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
badiiy nutqda shevaga xos sozlarning qollanishi

Bo„lishsizlik  olmoshlari.Bo‗lishsizlik    yoki  inkor  olmoshlari  ma‘nan 

belgilash  olmoshlarining  aksidir.  Ular  narsa-predmet,  voqea  yoki  hodisalarning 

inkor ma‘nosini bildiradi. 

O‗zbek  shevalaridagi  bo‗lishsizlik  olmoshlari  qarluq  tip  shevalardahech, 

hesh,  hich,  hish;  o‗g‗uz  tip  shevalarda  hech//yesh,  qipchoq  tip  shevalarda  hich, 

hish    morfemalar  yordamida  yasaladi.  Bu  morfema  yakka  holda  kamdan-kam 

qo‗llanadi.U, 

asosan, 


dialoglarda 

tugallanma 

gap 

holatida 



uchraydi. 

Qipchoq:qabing‘ni  nan  qaldim–hish. 



Gumon  olmoshlari.Bunday  olmoshlar  predmet,  voqea-hodisalarning 

taxminini,  noaniq  ma‘nosini  anglatadi.  Ular  qarluq  tip  shevalarda:Namangan: 

alanima,    allanasa,  Toshkent:  allakim.  Namangan:  alaynima,  allanassa||annasa, 

Toshkent:annarsa,  Nam.:  kimdur,  nmadir,  binnama,  bitanasa,  allanechu, 

allaqandag‘,  allaqer, allaqat;    Surxondaryo  (j-lovchi):  alla    g‘alay    bala.   O‗g‘uz 

tip  shevalarida  nimadur,  kimdur,  nimadir   kabi shakllarda uchraydi. 

O‗zbek  shevalarida  uchraydigan  sifat  turkumiga  xos  so‗zlar  adabiy  tildagi 

kabi  biror  predmet,  voqea-hodisa  yoki  holatning  belgi-xususiyatlarini  (rang-

tusini, hajmini, shaklini, xossa-xususiyatlarini, og‗ir-yengilligini, maza-ta‘mini va 

hokazolarni) ifodalash uchun qo‗llanadi. Shevalarda sifat kategoriyasidagi so‗zlar 

o‗sha  shevalarga  xos  ayrim  sifatlarning  mavjudligi  bilan  o‗zbek  adabiy  tilidan 

ma‘lum  darajada  farq  qiladi.  Masalan,  yuqchi:  siptaranna  (silliq  randa), 

parruxadam  (lavang  odam);  Surx:  asovat  (yuvvosh  ot).  Toshk:  sillu:  randa, 



32 

 

lapashang//  lavang    adam,  yovvoshot;  Surx:  dopkarchi  (g‗iybatchi),  portoqi 



(ayyor,  noinsof);  J.Qirg‗.:kopan  (yolg‗on,  yolg‗ondaka);  Surx:  xakar  

(yolg‗onchi);  Toshk:  sotesi  sovu:,quru:  maxtancho(g‘iyvachchi,  tulki//ayyor, 

yolg‘ondaka, yolg‘onchi. 

O‗zbek  adabiy  tilida  mavjud  bo‗lgan  oq,  qora,  sariq,  mard,  chiroyli  kabi 

qator  so‗zlardan  tashqari,  shevalarda  narsa-predmetlarning  xususiyatlarini  aks 

attiruvchi bir qancha so‗zlar uchraydiki, ularni ham yuqoridagi so‗zlar singari tub 

sifatlar qatoriga kiritish mumkin. Masalan: Surx: (j-lovchi): bojir (cho‗tir), xopen 

(beso‗naqay), zoxim (badqovoq); yuqchi: davang (katta), donzvak (sodda, oddiy); 

Toshk: chotr, besonaqay,zaxar,  sodda. 

Qipchoq  tip  shevalarda  so‗z  oxiri  k,  q  tovushlari  bilan  tugab,  so‗nggi 

bo‗g‗inda tor unli mavjud bo‗lsa, so‗z oxiridagi undosh tushadi:achchi, qatti,quri, 

toli, 


sari, 

issi, 


 

tiri,elli.Qarluq 

qipchoq 

shevalarda 

еsa                                           

saqlanadi:  achchiq, qattiq, quruq,  toliq, sariq,  issiq,  tirik,  ellik. 

Yuqchi:  lup-luchchek  bola  (yap-yalang‗och  bola).  Nam.:op-oshkora  guno; 

Farishkom-kok o‗t; Surx.: top-toyiz (sip-silliq), zim-ziya, Nam.:sip-siyo, sup-surx 

(qop-qora,  qip-qizil),  Surx(j-lovchi):  mag‘aldoq  (ezma,mijg‗ov),  xakka  (sezgir), 

(firibgar),  хаkar  (yolg‗onchi),  hoqqi    (qo‗pol,  dag‗al  muomalali),  bebovin 

(epchil),  Surx.:  xarav  (novcha),  bojir(cho‗tir),  Qarshi:  xo‗ron//suq  (ochko‗z). 

Surx.(y-lovchi): siyokor  (oq-qora), Nam.: mallamish (malla rang), Nam.: kuyindi  

qizil (to‗q qizil), yalandi  sapsar (och safsar), xalma  talqan (tolqon rang). 

-li affiksini juftlab ishlatish ham Xorazm shevalari uchun xosdir:  aqli-qarali   

(olachipor),  ivirli-chivirli    (bola-chaqali),  gajali-gunduzli    (kecha-kunduz).  Bu 

o‗rinda –li affiksi bog‗lovchi vazifasini ham bajarishi mumkin. 

Surx.: (j-lovchi): portaqi  (qalbaki), jortaqi  (yo‗rg‗a)at. 

Nam.:  olasiqqiz  (uzatiladigan qiz). 

O‗zbek adabiy tilidagi bilan ko‗makchisi Shevalarda minan , mne (n), milan, 

mnam, blan;     -man, -mam, -lay, matan (barcha shevalarga xos shakllar), viylan, 

vilan  (Xorazm),  minan  (Hazorasp),  vulan    (Janubiy  Qoraqolpog‗iston),  bilan  

(Mankent) shakllarida uchraydi. 




33 

 

Vosita  ma‘nosini  ifodalovchi  o‗zbek  adabiy  tilidagi  orqali  ko‗makchisi 



shevalardaarqolin, orqalig, orqaliy  shakllarida uchraydi.Tosh.: oshe  oy  оrqaliy 

otladi. 


O‗zbek  adabiy  tilida  sabab,  maqsad  ma‘nolarini  anglatuvchi  uchun

sababli,tufayli,  ko‗rako‗makchilari  shevalardauchun,    chun,  chin  (Turk.)uchun  , 

ichin  (Namangan)  sebepli//shuvajdan,  shu  tupayli,  tupaylin  (Tosh.)shakllarida  

uchraydi.  kabiko‗makchisi  shevalarda  uchramaydi.  Bu  ko‗makchi  funksiyasini 

singari,  sinorin,  qatar,  tengi  (Tosh.,  Namangan,  Farg‗ona    dastur,  sinnare, 

sangarin (SH-sabz, Turkiston) ko‗makchilari va –dog‘//-da, -day//-dek, -day, -teg, 

-lay, -pey//-tay affikslari bajaradi. Tosh.:menem  kottela qator  bir  chetta turdim.  

Xorazm 

tip 


shevalarida 

kabi, 


singari 

ko‗makchilar 

vazifasini  

diyn//diyn//dayn affikslari bajaradi. Hazorasp: ulliqishdiyn//kishdayin. 



Qadarko‗makchisi  shevalararo  har  xil  ko‗rinishga  ega  bo‗lsa-da,lekin 

ularning anglatgan ma‘nolari bir xil. Ba‘zi shevalarda  qadar//dovur, chovurjo:ul, 

do:ur,dovur//chovir  (Хоразм)  kabi  fonetik  o‗zgarishlarga  uchragan  holda 

qo‗llanadi. 



Tomon  ko‗makchisi  tomon,  tarap  (Tosh.),  taman,tomon,  tarap  

ko‗rinishlariga  ega.  Bu  ko‗makchi  harakatning  yo‗nalish  ma‘nosini    bildirib, 

shevalarda,  ko‗proq,  bosh  kelishik  shaklidan  ko‗ra  jo‗nalish-chiqish,  o‗rin-payt 

kelishigi shaklida ishlatiladi. G‗az.: yiyit  tarapta  bazm  bolordi. 

Turkiston  guruh  shevalarda  chaxti,  chaxli    so‗zlari  ham  ko‗makchi 

funksiyasida  kelib,  miqdor,  chama,  taxmin  ma‘nolarini  anglatadi:    om    besh  

chaxli  adam  kedi. 

O‗zbek adabiy tilidagi  sari, sayinko‗makchilarining shevalarda  sari, sayin 

(Tosh.),  sari    (Farg‗ona),  soyi    (Qarnob),  sayin    //sayi    (Chimkent),  sayin  

(Xorazm) shakllari mavjud. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin