7
I BOB. O„zbek shevalarining fonetik va grammatik
xususiyatlari
Ibtidoiy jamoada kishilarurug‗ bo‗libyashaganlar.Birnechtaurug'lar qabilani
tashkil qilgan.Bu uyushmalarning o ‗ztili bo‗lgan.Qabilalar ko‗payib, tarqala
boshlaydi.Uzoqroqhududdagi
qarindosh
qabilalar
bir
tilning
turli
shevalaridaso‗zlashuvchi qabilalar uyushmasiga birlashadi.
Qabilaittifoqlarining umumiy tili bo‗ladi, ayrimqabila tillariqabilatiliga
nisbatan sheva holatini egallaydi.Qabilalar ittifoqi xalqni tashkil qiladi. Xalqning
asosiybelgilaridanbiri milliy tilning bo‗lishidir.Shevalar, milliy tillar urug'chilik
davridan boshlab ko‗payib boradi.Shevalardagi farq ortib borib, yangi tilpaydo
bo‗ladi.Til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning birguruhigagina
taalluqli.
―Sheva biror tilning o‗ziga xos fonetik, leksik va grammatik
xususiyatlariga ega bo‗lgan eng kichik qismi. Lahja esa shu xususiyatlarni
o‗zida mujassamlashtirgan shevalar yig‘indisidir.‖
2
A.Hojiyevning ―Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati‖ da dialekt
(
yun.dialektos – sheva, lahja
). Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam
bo‗lgan, biroq hududiy, kasb-hunar va b. jihatdan umumiylikka ega bo‗lgan
kishilar tomonidan qo‗llanadigan ko‗rinishi
3
, deya ta‘rif beriladi.
Tilshunos S.Ashirboyev esa sheva, dialekt, lahja terminlarini bir-biridan
farqlash kerakligini aytib, ularga quyidagicha ta‘rif beradi. Sheva forscha ravish,
tarz, yo‗sin degan ma‘nolarni bildirib, fanda biror tilning o‗ziga xos leksik,
fonetik va grammatik xususiyatlari farqlanib turadigan kichik territoriyaga oid
qismini anglatadi. Dialekt aksariyat til xususiyatlari o‗xshash bo‗lgan shevalarni
birlashtiradi. Lahja arabcha so‗z bo‗lib, sheva va dialektlarning eng yirik to‗dasini
anglatadi.
4
2
V.V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov ―O‘zbek dialektologiyasi‖ ―O‘qituvchi‖ nashriyoti
T, 1978, 6-bet.
3
A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. T.:2002. 35-b.
4
S.Ashirboyev. O‘zbek dialektologiyasi. T.:2013.4-b.
8
―Sheva- biror til doirasidagi xalq jonli tilining o‗ziga xos fonetik,
leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‗lgan eng kichik qismi
hisoblanadi. Masalan, Toshloq shevasi, Qarnoq shevasi, turk shevasi.
Lahja- arabcha so‗zdan olingan bo‗lib, ravish, tarz, yo‗sin degan
ma‘nolarni bildiradi. Lingvistikada tilning bir necha sheva va dialektlarini
o‗z ichiga olgan, umumiy xususiyatlari jihatidan o‗xshash kata bo‗lagi ,
ya‘ni shevalar yig‘indisidir. ―
5
Tilning ma‘lum hududdagi og‘zaki qo‗llanishidagi xususiyatlarini o‗zida
aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas - til, nutq, sheva) deb
ataladi. Katta sheva va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o‗rtasidagi
tafovut shartli bo‗lib, go‗yo milliy til va adabiy til o‗rtasidagi farqqa o‗xshashdir.
Bu farqlanish turli hududlardagi bir tilning turli ko‗rinishidek tuyuladi.
Til va dialektlarning tafovuti unda so‗zlashuvchilarning madaniyati,
psixologiyasi, urf-odati va milliy xususiyatlarining o‗zgachaligi bilan izohlanadi.
Bir-biriga hududiy yaqin bo‗lgan shevalar o‗sha tilga o‗xshash alomatlari bilan
ajralib turadi. Bir-biridan juda uzoq hududda tarqalgan shevalar esa boshqa tilga
o‗xshash alomatlarga ega bo‗ladi. Masalan, oltoy tilining janubiy shevalari qirg‘iz
tiliga juda o‗xshash bo‗lsa, shimoliy shevalari shor tiliga yaqinroqdir. Bir tilning
turli shevalari avalo talaffuz xususiyatlari bilan farqlanadi.Masalan, Toshkent
shevasida "keldi" deb talafruz qilinsa, xorazm shevalarida "galdi", o‗zbek tilining
qarluq shevalarida "yomon", o‗zbek tilining qarluq shevalarida "jomon" deb
talaffuz qilinadi. Shevalar o‗z lug‘ati, ya`ni so‗zlari bilan farq-lanadi. Masalan,
Buxoro shevasida "taxlamoq" fe‘li biror ishni bajarmoq ma`nosida qo‗llanadi.Bu
so‗z boshqa o‗zbek shevalarida "biror narsani ustma-ust tartibda qo‗ymoq"
ma`nosini beradi.Tilning shevalari o‗z grammatik alomatlari bilan ham
farqlanadilar.Ko‗pgina o‗zbek shevalarida qaratqich kelishigi qo‗shimchasining
tushum kelishigi qo‗shimchasi -ni bilan aytiladi.
5
B.To‘ychiboyev, B. Hasanov ―O‘zbek dialektologiyasi‖ T, 2004. 5-, 6- betlar
9
Tilning sheva va lahjalarni o‗rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‗limi
Dostları ilə paylaş: