Nutqiy muloqotni faoliyat va o‗ziga xos bir sistema sifatida tushunish uning tarkibiy
kismlari nimalardan iborat ekanligini sharhlashni talab qiladi. Muloqotning umumiy modelida
tarkibiy qismlar o‗z aksini topgan. Shunga ko‗ra ularni ikki guruhga, ya‘ni tashqi va ichki
guruhlarga ajratish mumkin. Muloqotning tashqi omillari (tarkibiy qismlari) muloqotning
maqsadi, undagi tinglovchi va so‗zlovchining maqsadi, muloqot voqelanayotgan shart-sharoit,
vaziyat kabilarni kiritish mumkin. Chunonchi, muloqot maqsadi muloqot mazmunini
belgilaydi. Vaziyat uning shaklini va ko‗p hollarda muloqotning ichki tarkibiy qismi bo‗lgan
lisoniy va nolisoniy omillar tabiati va turlarini belgilaydi. Shunday qilib, muloqotning ichki
omillariga: lisoniy va nolisoniy vositalarni kiritilsa to‗g‗ri bo‗ladi. Muloqotning
«salomlashish» bosqichida muloqot ibtidosini belgilovchi salomlashish, ko‗rishish, so‗rashish
kabi lisoniy birliklar: so‗z, so‗z birikmalari, undov va hokazolar muloqotning ichki omili
11
sifatidagi uning lisoniy vositasi sanaladi. Bu vositalar bir necha paradigmalarni o‗z ichiga
oladi.
Bu paradigmalardan o‗rin olgan har bir birlikning o‗ziga xos informatsion – ifodaviy
qiymati va ahamiyati bor. Har bir paradigmadagi birlik so‗zlovchi va tinglovchiga xos
ko‗rinishlarga ega. Ular mana shu paradigmadagina taxlil va tadqiq etilishi kerak.
Muloqotning ichki omili bo‗lmish nolisoniy vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
milliy-etnik vositalar, madaniy-etik vositalar. Ular ham o‗ziga xos paradigmalarini tashkil
etadi za o‗z navbatida informatsion va ifoda ma‘no kasb etadi.
Nolisoniy omilning kinetik ko‗rinishi (madaniy - etik vositalar) bir necha ichki
tizimchalarga bo‗linadi. Chunonchi, «Qo„l holati va harati» paradigmasi:
O‗ng qo‗lni ko‗ksiga qiya qo‗yish
Ikki qo‗lni ustma-ust ko‗ksiga qo‗yish
Ikki qo‗lni qorin ustiga qo‗yish
O‗ng qo‗lining kaftini yoyib baland ko‗tarish
Dostları ilə paylaş: