shaklidagi mustaqil so‘z = qaratuvchi va qaralmishning turli munosabatlari] – UMISining
1
voqelanishi. O‘zbek tilidagi barcha gap
qurilmalari AHVOlar, “kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan atov birligi”,
ya’ni WPm UMISining yuzaga chiqishdiir
2
.
Esda tutish kerakki, UMIS hech qachon muayyan bir AHVOda to‘la-to‘kis
yuzaga chiqa olmaydi, unda o‘zining ma’lum bir qisminigina namoyon qiladi.
Masalan, [WPm]UMISi Men keldim gapida boshqa, Кetadimi? gapida boshqa
bir qirrasini namoyon qilgan. Yoki gapning darak va so‘roq belgilari bir butun
holda birdaniga voqelana olmaydi. Biroq AHVO UMISdan tashqarida ham bo‘la
olmaydi. Har qanday sodda gap baribir WPm UMISi doirasidan tashqariga
chiqa olmaydi. Buni So‘fi Olloyor HAQ (bizningcha, UMIS) va sifat (bizningcha,
AHVO) munosabati misolida mahorat bilan tasvirlaydi.