Mustaqil o‘qish uchun Qo‘hna Sharq tillar va so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida Sharqda tilning taraqqiyot qonunlari, tillarning, so‘zlarning paydo bo‘lishi talqiniga doir bir
necha nazariyalar yuzaga kelgan. Tabiiy nazariya, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, izhor nazariyasi,
ilhom nazariyasi shular jumlasidan.
Tabiiy nazariya (tovushga taqlid nazariyasi). Sharq filologlari VIII asrda so‘zlarning tashqi
tovush tomoni bilan mazmuni o‘rtasidagi o‘xshashlikni keng muhokama qilishgan. Ibn Jinniyning
guvohlik berishicha, bu bilan dastlab Xalil ibn Ahmad shug‘ullangan. Shu an’ana ta’sirida A’bad ibn
Sulaymonning fikrlari rivojlandi. Bu nazariya bo‘yicha so‘z – insonning tabiiy tovushlarga bo‘lgan
moyilligi, ularga taqlid qilishi natijasida yuzaga kelgan. Bu “tabiiy (tabiat) nazariya” islom
ruknlariga ancha erkin munosabatda bo‘lgan mazhab va yo‘nalish vakillari (jumladan,
namoyandalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi olimlar
bo‘lgan mutazalliylar) tomonidan ilgari surilgan va rasmiy islomiy – izhor (ilohiy ne’mat)
nazariyasiga zid edi.