Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
Mustaqil o‘qish uchun 
Sotsialingvistikami, sotsiolingvistika 
“Kiyimlar”  do‘konida  ishlaydigan  kishining  besh  yoshli  o‘g‘li  bir  kuni  shunday  deb  qoldi:  “Men 
hammani birday yaxshi ko‘raman, ammo oyijonimni esa bir razmer ko‘proq!” 
Tahririyatda  ishlaydigan  ota  o‘g‘li  bilan  parkka  aylanishga  chiqqanda  shunday  dedi:  “Dadajon, 
karuselning muharririga ayting, bizni tezroq qo‘ysin!”   
Ma’lum  bo‘ladiki,  ota-ona,  oila  kichik  “jamiyat”,  undagi  muhit  bolaning  nutqi,  leksikoniga  ham  ta’sir 
qiladi. Hatto kattalar ongli yoki ongsiz ravishda shunday xususiyatga ega bo‘ladilar. 
Ijtimoiy muhitning tilga va nutqqa ta’siri tilshunoslikning ikki xil sohasi tomonidan o‘rganiladi. 
Ijtimoiy  muhitning  umuman  tilga  ta’siri  sotsialingvistika  tomonidan  o‘rganilsa,  uning  alohida  shaxs 


Ma’ruza matnlari.  
 
124 
yoki kishilar guruhiga ta’siri sotsiolingvistika tomonidan tekshiriladi. Ikki soha nomi bir tovush (a/o) bilan 
farqlanadi. K o‘pchilik bu iiki termini chalkashtiradi/ 
“Sof”  lingvistika  til  hodisalarini  “quruq”,  tashqi  muhit  ta’sirlaridan  xoli  o‘rganadi.  Masalan,  so‘zning 
tovush qobig‘i, undagi fonetik xususiyatlar, ma’nosi, ma’nodoshlari, birikuvchilari va h. Sotsialingvistika davr 
va  jamiyatning  tilga  ta’siri  bilan  shug‘ullanar  ekan,  masalan,  vazir  so‘zining  o‘zbek  tili  leksik  qatlamida  o‘z 
vaqtida nega eskirganligi, bugungi kunda uning yana faollashish sabablari yoki –lar ko‘plik qo‘shimchasining 
ortiqcha qo‘llanish holatlari sodir bo‘lganligi (o‘nta o‘quvchilar kabi) sabablari bilan qiziqadi. 
Sotsiolingvistika  ijtimoiy  guruh  va  qatlam  nutqidagi  jargon  va  slenglar  bilan  maxsus  shug‘ullanadi. 
Masalan,  svetnaya  mast  (“toj  guli”),  bosyak  (“past  tabaqa”),  malyutka  (“yosh”),  shirmach  (“kissavur”)  kabi 
ifodalarning qo‘llanish doirasi kabilar shular jumlasidan.    

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin