Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   234
hozirgi ozbek tili

Mustaqil o‘qish uchun 
Tilshunoslikda substansial-pragmatik yo‘nalish 
Bugungi kunda taraqqiyot o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy imkoniyatlarning nutqiy 
voqelanishini  tekshirishni,  ona  tili  imkoniyatlaridan  foydalanish    samaradorligiga  erishish 
muammosi  bilan  shug‘ullanishni  talab  qilmoqda.  Yangi  asr  fani  zimmasiga  yuklatilayotgan  bu 
ijtimoiy  buyurtma  tilni  yangi  –  substansial-pragmatik  (“imkoniyatdan  voqelikka”)  tamoyillar 
asosida tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi.  
Tilshunoslikning  yangi  yo‘nalishini  ifodalovchi  substansial-pragmatik  terminining  tarkibiga 
kirgan  pragmatika  so‘zi  yunoncha  pragma,  pragmatos  so‘zidan  olingan  va  “ish”,  “harakat” 
ma’nolarini  bildiradi,  tilshunoslikda  til  birliklarining  qo‘llanish  xususiyatlarini  o‘rganishni 
anglatadi.  Substansial-pragmatik  yo‘nalish  muayyan  til  imkoniyatlarini  egallab,  undan  amalda 
foydalanuvchilarning ushbu birliklar sistemasiga ongli, amaliy munosabatini tekshiradi.  
Substansial-pragmatik  yondashuv  –  o‘zbek  fanida  shakllanayotgan  tilshunoslikning  yangi 
empirik  yo‘nalishi.  U  lisoniy  imkoniyatlarni  so‘zlovchi,  tinglovchi,  ularning  o‘zaro  munosabati, 
muloqot  vaziyati  singari  nolisoniy  hodisalar  bilan  bog‘liq  holda  o‘rganadi.  Shaxsning  lisoniy 
imkoniyatlardan  amaliy  foydalanishi  so‘zlovchi  hamda  tinglovchining  shaxsiy  sifatlari,  nutq 
maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, 
va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi va 
taktikasi,  nutq  odobi,  muloqot  madaniyati,  so‘zlovchi  yoki  tinglovchining  dunyoqarashi,  bilim 
darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqadi.    
Substansial-pragmatik  yo‘nalish  Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o‘zbek  tili  va 
adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti bag‘rida shakllanmoqda.   
 
 
Har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. 
“Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi 
bo‘lgan  fan  sohalarining  yutuqlari  bilan  uzviy  bog‘liq.  Turli  fanlarning 
manbalari  ko‘p  qirrali  bo‘lganligi  sababli,  davrning  yetakchi  falsafiy  fikri 
fanlardan  o‘rganish  manbaining  qaysi  tomonlariga  alohida  e’tibor  berish 
lozimligini,  borliqdagi  mavjud  qonuniyatlarni  mantiqiy  kategoriyalarda  qay 
usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi” (H.Ne’matov). Shu asosda aytish 
mumkinki,  zamonaviy  o‘zbek  tilshunosligi  sistem-struktur  davrining  ilk 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin