Ma’ruza matnlari.
128
meva beruvchi daraxt” sememasiga ega
olma leksemasining “daraxt” semasi –
daraxt giperonim leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi.
Giperonimning ma’nosi giponim leksemanikiga nisbatan kengroq va
“xiraroq” (noaniqroq), giponim leksemaning ma’nosi esa giperonimnikiga
nisbatan torroq va “yorqinroq”. Shu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning
ma’noviy mohiyati barcha giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng.
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak,
borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin
daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan alohida leksema o‘zbek tilida
yo‘q. Demak, giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘shliq) hosil
qiladi. Leksik lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‘ldiraverishi mumkin
(Masalan:
mevali daraxt va
mevasiz daraxt so‘z birikmalari).
Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‘aviy
lakunaga ega bo‘ladi. Bu bo‘shliq ayni bir turning turli belgisi bilan
cheklanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum
nomini biluvchi odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590
tasi lug‘aviy lakuna hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham (“mevali
daraxt” va “mevasiz daraxt” tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual
ham (mavjud leksemani ma’lum bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: