Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   234
hozirgi ozbek tili

Adabiyotlar 
 
1.  Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.  
2. Ne’matov  H.,  Rasulov  R.  O‘zbek  tili  sistem  leksikologiyasi  asoslari.  -
Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.  
4. Ne’matov  H.,  Mengliyev  B.  Tilshunoslikning  metodologik  masalalari.  – 
Toshkent, 2017. 
5. Mirtojiyev  M.  O‘zbek  tili  semasiologiyasi.  –  Toshkent:  Mumtoz  so‘z, 
2013. 
 
2. BARQAROR BIRIKMALAR 
 
Kalit tushunchalar 
leksema, semema, ma’noviy munosabat, atash semasi, ifoda semasi, birikma 
 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
barqaror birikma, maqol, matal, ibora, tasviriy ifoda 
 
Barqaror  birikmalar  haqida.  Nutqda  fikr  ifodalash  uchun  barqaror 
birikmaga  ham  ehtiyoj  mavjud.  Masalan,  kuchli  hayron  bo‘lib  qolganlikni 
ta’sirchan ifodalash uchun hayron bo‘lmoq fе’li yetarli emas. Shunda barqaror 
birikma qo‘llanadi: Og‘zi ochilib qoldi. 
Og‘zi  ochilib  qoldi    –  ibora.  U  ikki  mustaqil  so‘zdan  iborat  bo‘lib, 
nutqqacha  tayyor  holga  kelgan.  Nutqdan  kеyin  ham  ongimizda  shu  holicha 
turadi.  Uning  atash  ma’nosi  hayron  bo‘lmoq  fе’lining  atash  ma’nosiga  tеng 
bo‘lsa-da,  qo‘shimcha,  ya’ni  hissiy  va  uslubiy  ma’nosi,  ifoda  semasi  bilan 
farqlanadi.  
O‘zbеk tilida barqaror birikma sifatida maqol, matal, ibora, tasviriy ifoda 
e’tirof  etiladi.  Tilshunoslikning  barqaror  birikmani  o‘rganuvchi  bo‘limi 
paremiologiya (lotincha parеma – “barqaror”, logos – ta’limot), uning lug‘atini 
tuzish  bilan  mashg‘ul  bo‘luvchi  soha  parеmiografiya  (lotincha  parеma    –  
“barqaror”, grapho – yozmoq) dеyiladi.  
Tilda  ikki  yoki  undan  ortiq  so‘zning  bog‘lanishidan  hosil  bo‘lgan  birlik 
ko‘p. Masalan, so‘z birikmasi, so‘z qo‘shilmasi, gap, qo‘shma so‘z, tasviriy ifoda
maqol, matal va hokazo.  Shuning uchun dastlab, turg‘un bog‘lanish  va erkin 
bog‘lanishni bir­biridan farqlash kеrak.  


Ma’ruza matnlari.  
 
141 
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning bir grammatik butunlik, ma’noviy 
yaxlitlik tashkil etib, murakkab tushuncha yoki tugal fikrni ifodalaydigan so‘z 
bog‘lanishi erkin bog‘lanish dеyiladi. So‘z birikmasi va gap erkin bog‘lanishga 
kiradi. Chunki so‘z birikmasi va gap nutq jarayonida hosil qilinadi.  
Ikki  yoki  undan  ortiq  so‘zning  qotib  qolib,    nutqda  tayyor  holda 
ishlatiladigan bog‘lanishi barqaror, turg‘un bog‘lanishni tashkil qiladi.  
Barqaror  birikma  qo‘shma  leksema  va erkin  so‘z  birikmasidan  quyidagi 
xususiyati bilan farq qiladi: 
1.Barqaror birikmada birdan ortiq so‘z birikib, ko‘chma ma’no ifodalaydi. 
2.Barqaror  birikmani  tashkil  etgan  barcha  so‘z  shu  gap  tarkibida 
butunligicha bir bo‘lak yoki bir gap vazifasida kеladi. 
3.Barqaror birikmaning tarkibiy qismlari qat’iy bir qolipga kirgan bo‘ladi.      
Dеmak,  alohida  shakllangan,  tarkibining  barqarorligi    bilan  ajralib 
turadigan,  yaxlitligicha  qo‘llanish  xususiyatiga  ega,    tayyor  holda  mavjud, 
obrazli,  jozibali,  ma’no  jihatdan  yaxlitlangan  so‘zlar  bog‘lanmasi  barqaror 
birikma dеyiladi. 
Barqaror birikmani “buzib” – tarkibini o‘zgartirib bo‘lmaydi.   
2.1.  Maqol.  Grammatik  jihatdan  gap  holida  shakllangan,  xalq 
donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma maqoldеyiladi.Misol:To‘g‘ri 
o‘zadi, egri ozadi. Ko‘ngli qoraning yuzi qora. Maqollar yaxlit holda yashaydi va 
xalqning  ma’naviy  boyligi  hisoblanadi.  Shu  jihatdan  ular  lisoniy  imkoniyat 
sifatida baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin