Test 1. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n bichmoq iborasining ma’nosi
qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) andaza olmoq B) rag‘batlantirmaslik C)
xato ish qilmoq D) baho bermoq.
2. Qaysi iboralar og‘ziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan yaqin? 1)
mum tishlamoq; 2) lom-mim demaslik; 3) og‘ziga qoqmoq; 4) og‘ziga qatiq uyutmoq; 5) og‘ziga olmaslik; 6) damini chiqarmaslik A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 6 C) 1,
2, 3, 6 D) 1, 2, 5, 6.
3. Qaysi qatorda tasviriy ifoda ma’nosi noto‘g‘ri berilgan? A) Traktor – po‘lat etak B) Pomir – dunyo tomi C) Farg‘ona – yashil vodiy D) Pilla – kumush tola. 4. Qaysi tasviriy ifodalar muqobili noto‘g‘ri berilgan? A) mo‘yqalam ustasi - rassom B) kumush tola – paxta C) barcha tasviriy ifodalar muqobili to‘g‘ri berilgan D) so‘z san‘tkori – yozuvchi.
Glossariy barqaror birikma – sintaktik qurilma ko‘rinishidagi ko‘chma ma’noli lisoniy birlik
maqol – gap shaklidagi, tugal hukm ifodalaydigan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan, barqaror til
birligi
matal – to‘g‘ri ma’no ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega bo‘lmagan hikmatli birikma
ibora – qismlari qat’iy bir qolipga kirib, barqarorlashgan, ko‘chma ma’no anglatib, gapda butunligicha
bir bo‘lak vazifasida kеladigan, obrazli, jozibali barqaror birikma
tasviriy ifoda – predmet, voqea va hodisani o‘z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash
orqali ifodalovchi barqaror birikma