Mantiqiy mushohada uchun 1.Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday tushunasiz?
2.Ongdagi har bir UMIS tafakkur mahsuli degan hukmni qanday tushunasiz?
3.“Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki bo‘linmas?
“Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy birlikning jamiyat
a’zolari ongida o‘rnashganme’yor asosida muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va
h.) shakllardan birida voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda
eshitiladigan tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik,
cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni o‘z ichiga
oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday sharoitda qay tarzda
aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi.
Ana shu qoidalar me’yor deyiladi.