Mantiqiy mushohada uchun 1.Tilda nega boshqa tillardan nutq tovushini o‘zlashtirilmaydi?
2.Bir kishi o‘z nutqida o‘zlashma so‘zlarni aslidagidek talaffuz qiladi? Nega biz uni fonetik
o‘zlashmaga misol qilmaymiz?
3.Grammatikada o‘zlashtirilgan hodisalar bormi?
4.O‘zbeklarning o‘zga tillar fonetikasini o‘zlashtirishi nisbatan yengil kechadi. Buning sababi
nimada?
2. Leksema va so‘z. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash,
ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema. Leksema borliq
hodisalarini nomlab, ularni kishilarning muloqoti uchun tayyorlaydi. Til egasi
sezgan narsa, albatta, nom oladi. Hech bo‘lmaganda so‘z birikmasi bilan
nomlanadi.
Leksema tilning asosiy va markaziy birligi. So‘z termini leksema
ma’nosida ham qo‘llanadi. Shaxsning tili bilimi uning fonetik yoki grammatik
bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining boyligi bilan o‘lchanadi. Ona tili
o‘qitishning asosiy vazifasi ham leksema, ya’ni so‘z ta’limidir. Bejiz so‘z tilga
tenglashtirilmaydi: Xalqaro anjumanda o‘zbek so‘zi jarangladi. Buyuk sharq
mutafakkirlari ham so‘z deganda ko‘p hollarda tilni nazarda tutishgan.