Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234
hozirgi ozbek tili

Mustaqil o‘qish uchun 
So‘z ta’rifida 
So‘z gavharining sharafi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf 
bo‘la  olmaydi.  To‘rt  sadaf  ichidagi  gavharga  quti  ham  shu  so‘z,  yetti  qavat  osmon  yulduzlarining 
burjlari ham shu so‘zdir.  
So‘z  jon  bo‘lib,  ruh  uning  qolipidir.  Tanida  ruhi  bor  odam  doim  unga  ehtiyoj  sezadi.  So‘z 
dunyoda  bor  barcha  ko‘ngillarning  qutisidagi  javhar,  hammaning  og‘iz  qutisidagi  qimmatbaho 
gavhardir.  
Agar  til  bamisoli  bir  po‘lat  xanjar  bo‘lsa,  so‘z unga  qadalgan  injulardir.  Til  shu  chamanning 
ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir.  
So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh  bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh  halok bo‘lishi 
mumkin.  Yaxshi  so‘z  bilan  o‘lganni  tiriltira  olgani  uchun  Iso  payg‘ambar  o‘zini  “Jonbaxsh”  degan 
laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan; Jabroil ham so‘z yukiga hammol bo‘lgan. 
Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘targan ekan, uni so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun 
hayvonlardan ortiq qilib yaratdi. 
G‘uncha og‘izlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib turib olsa, uning mayday totli la’li 
lablari aqlni mast qilsa, mastlik u yoqda tursin, mayparast qilib qo‘ysa ham, tashqi ko‘rinishi bilan 
osmondagi oy bo‘lsa ham, devordagi surat bilan uning ko‘rinishi o‘rtasida farq yo‘q. 
Bazmda  har  qanday  sozanda  dilkash  kuylarni  ijro  etib,  kuyda  qancha  yaxshi  takrorlar, 
mashqda qancha yaxshi naqarotlar bo‘lmasin, tushungan odamlar undan to‘la qanoatlanadilar. Kuy 
ijrosi  cho‘zilib  ketsa,  ularga  malol  ham  keladi.  Bu  kuy  orasida  joyini  topib,  Navoiy  so‘zi  bilan  bir 
g‘azal ashula qilib aytilsa, so‘zlar olov purkab, tinglovchilar qalbini mung bilan ezsa, u vaqtda sen 


Ma’ruza matnlari.  
 
26 
bazmdagi  to‘polonni  ko‘r!  Mayxonadagi  g‘avg‘olarni  tomosha  qil!  Yoqa  yirtish  qanday  bo‘lishini 
ko‘r, fig‘on tortib, o‘zini o‘ldirganlarga boq!  
Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon dengizidagi haqiqiy durdona deb 
bil!.  

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin