Ma’ruza matnlari.
28
Mustaqil o‘qish uchun
Rimliklar bahsi
Darsliklar har doim ham sevimli bo‘lavermaydi. Lekin rus olimi Aleksandr Aleksandrovich
Reformatskiyning rus tilidagi “Tilshunoslikka kirish” kitobi, mana, bir necha talabalar avlodining
sevimli darsligiga aylanib qolgan va shunga munosib ham. Uning til birliklari tavsifi bag‘ishlangan
bir parchani keltirish bilan fikrimizni asoslaymiz.
“Til strukturasiga qanday birliklar kirishini aniqlash uchun quyidagi tahlilni keltiramiz: ikki
nafar rimlik “kim eng kichik jumla ayta oladi” degan masalada bahslashib qolishibdi. Shunda biri
debdi:
–
Eo rus (“Men qishloqqa!”).
Ikkinchisi debdi:
–
I (“Boraver”)!
Bu eng kichik, shu bilan birga, barcha jumlalarga xos belgilarga ega bo‘lgan to‘la ma’nodagi
tugal jumla. Xo‘sh, bu jumlaning elementlari qaysilar?
1)
[i] – fonemaning nutqiy varianti, quloq bilan eshitiladi, i harf sifatida ko‘z bilan ko‘rilib,
o‘qiladi;
2)
i – o‘zak (umuman olganda, morfema), qandaydir tushunchani ifodalaydigan element,
birlik;
3)
i – muayyan hodisani anglatuvchi so‘z (bo‘yruq maylidagi, ikkinchi shaxsdagi, hozirgi-
kelasi zamon fe’li);
4)
i – axborot mazmuniga ega bo‘lgan shaxsi aniq, yig‘iq, sodda gap.
Kichkinagina “
i” da tilning barcha birliklari mujassam: 1) fonema; 2) morfema; 3) leksema;
4) sintaktik qurilma.
Tilda shundan boshqa xildagi narsa yo‘q bo‘lishi ham mumkin emas.
Nega olim til strukturasini tushuntirish uchun aynan shu misolni keltirdi. Tilda miqdor
emas, balki sifat rol o‘ynaydi. Demak, til miqdoriy emas, balki sifatiy birliklardan iborat. Sifat esa
vazifa, funksiya demakdir.
Dostları ilə paylaş: