Ma’ruza matnlari.
38
bir ko‘rinishi. Bunda elementlar atom og‘irliklari asosida joylashgan.
Boshqacha aytganda, ular atom og‘irliklari asosida tartiblangan. Bu tartib
atom og‘irliklari asosidagi munosabat deyiladi. Yanada aniqroq tushunish
uchun ko‘z oldimizga avtomobilni keltiraylik. Avtomobil muayyan (borliqda
mavjud) sistema sifatida, avvalo, shassi, kuzov va dvigatel elementlaridan
tashkil topgan. Bu elementlar bir-biri bilan zich bog‘langan. Biri boshqalarini
taqozo etadi. Ulardan biri mavjud bo‘lmasa, sistema (avtomobil) harakatga
kelmaydi.
Ko‘rinadiki, muayyan sistema elementlari o‘zaro munosabatga
kirishmasa, sistema o‘z vazifasini bajara olmaydi. Munosabat bo‘lmasa, narsa
element bo‘la olmaydi va elementning funksiyasini bajara olmaydi. Element
sistema tarkibida munosabatlar asosida o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Masalan,
insonning ko‘zi inson tanasidagina element bo‘lib, undan uzilsa, element bo‘la
olmaydi va o‘zining elementar mohiyatini yo‘qtotadi.
Munosabatlar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab
sistemalarni keltirib chiqaradi. Macalan, har qanday qonunlar jamiyatni
sistema sifatida tartibga solib turadi. Agar bu qonunlar bo‘lmasa, jamiyat
sistemasi ham mavjud bo‘lmaydi, sistema o‘z vazifasini to‘laqonli bajara
olmaydi va barbod bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatning xususiyati undagi
asosiy munosabat – qonunlarga itoat qilish darajasi bilan belgilanadi.
Har bir narsa, shaxs ko‘p qirrali, ko‘p vazifali bo‘ladi. Shu boisdan ular har
bir qirrasi asosida turli sistemalarga mansub bo‘la oladi va bu sistemalardagi
munosabatlari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, biror turmushga chiqqan
talabani olaylik. U ta’lim sistemasida shogird, oila sistemasida turmush
o‘rtog‘i/ona/kelin, ota-onasi oilasiga munosabatda farzand/opa/singil, yo‘l
harakati tizimida yo‘lovchi, tushlik paytida xo‘randa. Har bir qirrasini
namoyon qilganda u ma’lum
bir sistema tarkibiga kirib, bu sistema tarkibidagi
boshqa elementlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bir sistemadagi
munosabatlari boshqa sistemadagi munosabatlaridan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: