Mantiqiy mushohada uchun 1.Sizning turli munosabatingiz bir xil vaziyatda har xil natijani keltirib chiqargan holatlar bo‘lganmi?
2.Insonning fe’liga qarab munosabatda bo‘lmagan kishilar holatini kuzatganmisiz?
3. “Shaxslar, munosabat, vazifa” sistemasi mohiyatini hayotiy misol asosida dalillang.
2. Paradigmatik munosabat. Avvalgi mavzularda qulf va kalitlarga oid
misol keltirgan edik. Turli kalitlar shodasi paradigmaga qiyoslangan edi.
Kalitlar orasidagi munosabat paradigmatik munosabatga o‘xshaydi.
Paradigma a’zolari orasidagi munosabat paradigmatik munosabat deyiladi. Paradigmatik munosabat bir sistemaga kiruvchi birliklarning
o‘xshashlik va farqlilik munosabatlaridir. Masalan, kelishiklar o‘zaro “oldingi
so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash” o‘xshashligiga ega bo‘lsa, har bir kelishikning
bu o‘xshashlik ostidagi tafovutlari farqlilik munosabati hisoblanadi.
O‘xshashlik va farqlilik munosabati bir necha ko‘rinishlarda voqelanadi.
Farqlilik munosabati tilshunoslikda ziddiyat termini bilan nomlanadi.
Pаradigmatik munosabat keskin ziddiyatli va darajalangan ziddiyatli
ko‘rinishlarda bo‘ladi. Masalan, a va o o‘nli fonemalari orasida keskin
ziddiyatli paradigmatik munosabat (lablanganlik/lablanmaganlik) mavjud
bo‘lsa, a, e, i unlilari orasida darajalangan ziddiyatli paradigmatik munosabat
mavjud. Bunda unlilar tilning tanglayga ko‘tarilish darajasiga ko‘ra farqlanadi.
Bu uchlikdan o‘rtadagisi olib tashlansa, qolgan ikki unli o‘zaro keskin
ziddiyatli bo‘lib qoladi. Chunki a va i unlilari “quyi keng” va “yuqori tor”
belgilariga ega. Yoki аytishmоq – kоyishmоq – janjallashmоq –