partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim
O‘zlashtiriladigan tushunchalar ziddiyat, ziddiyat a’zosi, ziddiyat belgisi, ikki a’zoli ziddiyat, binar ziddiyat, ko‘p a’zoli
ziddiyat, ternar ziddiyat, privativ ziddiyat, noto‘liq ziddiyat, teng qiymatli ziddiyat,
muntazam ziddiyat, darajali ziddiyat
1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “qarama-
qarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy
birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada
farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, qarama-qarshilik, ixtilof bir
turga kiruvchi har xil tushunchalardir.
Butun koinot, тabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning
asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat,
qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot,
harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi
harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati
ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.
Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi, bilim olish
ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadir.