Ma’ruza matnlari.
47
Mustaqil o‘qish uchun
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1890-1938)
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy Moskvada tug‘ilgan. Uning ota-onasi ham taniqli olimlar
bo‘lishgan. Nikolay bolalikdan olimlik iqtidorini namoyon qila boshlagan. Birinchi ilmiy ishini 15
yoshida e’lon qilgan. Moskva davlat universitetini tamomlagan bo‘lajak olim, vatanidagi fuqarolar
urushi sababli, xorijga ketishga majbur bo‘ldi. U va muhojir hammaslaklari birgalikda Pragada
tilshunoslik maktabiga asos soldilar va maktab tilshunoslik tarixida “Praga lingvistik to‘garagi”
nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Zamonaviy tilshunoslikka Nikolay Sergeyevich Trubetskoy tomonidan olib kirilgan
“ziddiyat” (“oppozitsiya”) tushunchasi lisoniy sistemalarning mohiyatini tushuntirishda katta
ahamiyat kasb etdi. Trubetskoy talqinicha, fonema juftliklari ma’lum bir barqaror belgilari asosida
qarama-qarshi turadi. Masalan, [b] ~ [p], [a] ~ [i], [ye] ~ [o], [g] ~ [k] kabi. Bu ziddiyat belgilari
bitta ham ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Masalan, [a] ~ [o] unlilari bir belgi bilan qarama-qarshi
turadi: “lablanganlik/lablanmaganlik”. [i] ~ [o] unlilari orasida “lablanmaganlik/lablanganlik” va
“keng-torlik” belgilari asosidagi qarama-qarshilik, ziddiyat mavjud.
N.S.Trubetskoy tomonidan ko‘p yillar davomida ilgari surilgan g‘oyalar tilshunoslikda yangi
yo‘nalish va oqimlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Sossyurdan keyingi ko‘plab tilshunoslardan farqli
ravishda u “til til uchun”, “til o‘zida” tamoyili changaliga tushib qolgani yo‘q. Olim har doim tilni til
va jamiyat, til va madaniyat tamoyillari asosida tadqiq qildi. Bejiz 1929-yilda N.S.Trubetskoy va
R.О.Yakobson tomonidan yozilgan “Praga lingvistik to‘garagi tezislari”da shunday deyilmagan:
“lingvistik tahlilga aniq amaliy maqsadlarni ko‘zlagan funksional nuqtai nazardan yondashmoq
kerak.”
Dostları ilə paylaş: