“lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” nomustaqil leksemalar (+)
mustaqil leksemalar (0)
Chunki mustaqil leksema lug‘aviy ma’no ifodalashi ham, nomustaqil
leksema vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, ot ko‘makchi, fe’l ko‘makchi,
ko‘makchi fe’l va boshqalaro‘rni bilan nomustaqil leksema kabi lug‘aviy
ma’nosiz ham bo‘la oladilar.
Noto‘liq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir qarashda
yuqoridagi ziddiyatda belgini “lug‘aviy ma’no ifodalash” deb ham, “lug‘aviy
ma’no ifodalay olmaslik” deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Кeling,
ziddiyat belgisini yuqorida qo‘yilganidek emas, balki “lug‘aviy ma’no ifodalay
olish” deb o‘zgartirib ko‘raylik (12-jadval):
12-jadval