3-amaliy mashg`ulot yuzasidan mashqlar 1-mashq



Yüklə 110,75 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.12.2021
ölçüsü110,75 Kb.
#112340
3-amaliy mashgulot 3 kurs sirtqilar uchun



3-amaliy mashg`ulot yuzasidan mashqlar 

1-mashq.  Quyidagi uch guruh gaplarni ko‘chiring, so‘ng bu gaplardan qaysilari 

egasi ifodalangan gaplar, qaysilari egasi yashiringan gaplar va qaysilari egasiz 

gaplar. 

1. Biz g‘alabaga erishdik. G‘alabaga erishding. G‘alabaga erisha oldi. 

2. Manzilga mana shu yo‘ldan boriladi.    Manzilga mana shu yo‘ldan boradi.    

Manzilga mana shu yo‘ldan bora oldi. 

3. Men shu vazifani bajarishim mumkin. Vazifani bajarishi mumkin. Vazifani 

bajarish mumkin. 



2-mashq. Berilgan gaplarning kesimi orqali so‘roq berib, egasini topishga harakat 

qiling. Ularning qaysi birlarida egani topish mumkin, qaysi birlarida egani topish 

mumkin emasligini izohlang. 

1. Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. (H.O.) 2. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. 

(Maqol) 3. Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol) 4. Nima eksang, shuni o‘rasan. 

(Maqol) 5. Topshiriqni o‘z vaqtida bajarish kerak. 6. Derazadan ko‘chaga 

tikilaman. (O‘.H.) 7. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. (Maqol) 8. Jo‘jani 

kuzda sanaydilar. (Maqol) 



3-mashq.  Uchta egali gap tuzing, keyin ularni ega ishtirok etmagan gaplarga 

aylantiring.   Egasi ifodalanmagan gaplar tuzing. So‘ngra ulardan egasi 

ifodalangan gaplar hosil qiling. 

N a m u n a: Musobaqada yutamiz. — Biz musobaqada yutamiz. 



Savol va topshiriqlar : 

1. Egali gaplarga misollar keltiring.  

2. Qanday gaplar ega ishtirok etmagan gaplar deyiladi 

3. Ega ishtirok etmagan gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga ko‘ra qanday 

turlarga bo‘linadi? 

 4. Gapning egasi mavjud yoki mavjud emasligini qanday aniqlash mumkin? 

Misollar keltiring.  

5. O‘zbek xalq maqollaridan egali va ega ishtirok etmagan gaplarga 5 tadan misol 

yozing. 

6. Egasi yashiringan gaplar necha turli bo‘ladi?  




7. Egasi ma’lum gap deb qanday gapga aytiladi?  

8. Qanday gaplar egasi umumlashgan gaplar hisoblanadi? Ularning kesimi qaysi 

shaxs shaklida bo‘ladi?  

9. Qanday gaplarda egani tushirish mumkin emas? 



Amaliy mashg`ulot topshirig`ini to`liq bajarib modulga yuklasangiz joriy 

baholanasiz. 

 

 

Yüklə 110,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin