Himoyalash tizimining kompleksliligi. Himoya tizimining kompleksliligiga unda huquqiy, tashkiliy, muhandis-texnik va
dasturiy-matematik elementlarning mavjudligi bilan erishiladi. Elementlar nisbati va
ularning mazmuni tashkilotlarning axborotni himoyalash tizimining o‘ziga xosligini va
uning takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta’minlaydi. Aniq tizimni kup turli
elementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin. Tizim elementlarining mazmuni
nafaqat uning o‘ziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va tizimning qiymatini
hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi. Axborotni huquqiy
himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi ma’nosida tashkilot va
davlatlarning o‘zaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash hamda personalning
tashkilot kimmatli axborotini ximoyalash tartibiga rioya kilishi va ushbu tartibni
buzilishida javobgarligi tasavvur kilinadi.