19
Axborotni himoyalash savollariga qaratilgan adabiyotlarda xar hil variantli
axborot xavfsizligining xavflari modelini topish mumkin. Bunda ixtiyoriy modeldan
foydalanish mumkin, lekin u axborot xavfsizligiga ta’sir etish faktorlarining maksimal
sonini ko‘rsatish kerak.
Axborot xavfsizligining xavflari deganda nima tushuniladi? Bu – himoya ob’ektiga
qarshi qaratilgan xarakat. Bunda tijorat baxoga ega yoki maxfiy axborot bo‘lishi mumkin.
Axborot xavfsizligining xavflarini keltirib chiqarish omillari, ichki va tashqi
bo‘lishi mumkin. Bunday taqsimlanish sababi, bir hil xavfga ichki va tashqi omillarga
qarab xar hil usul (parirovaniya) qo‘llaniladi.
Demak, shulardan kelib chiqqan xolda axborot xavfsizligining xavflari 3-ta asosiy
guruxlarga bo‘linadi:
Sub’ekt ta’siridagi xavflar (antropogen xavf);
Texnik vositalar ta’siridagi xavflar (texnogen xavf);
Tabiat ofatlari xavflari;
A) Birinchi gurux nixoyatta keng tarqalgan. Axborot xavfsizligining buzilishiga sababchi
tashqi sub’ektlar:
Kriminal struktura;
Retsidivistlar va potentsial jinoyatchilar;
Vijdonsiz hamkorlar;
Konkurentlar;
Siyosiy dushmanlar;
ichki sub’ektlar:
Tashkilot xodimi;
Filial xodimi;
Aqli zaif shaxslar;
Maxsus agentlar;
Bulardan kelib chiqadigan oqibatlar qoyidagilar:
Dostları ilə paylaş: