1.2. PROSODIKA
Prosodika (prosodiya) fonologiyaning supersegment vositalar xususida bahs
yurituvchi bo‗limidir. Bunday vositalar doirasiga, odatda, urg‗u, ton, cho‗ziqlik,
pauza, temp, tembr, ohang, bo‗g‗in cho‗qqisi, bo‗g‗inning oldi va orqasidan
ulanuvchi vositalar hamda segment fonemalarning ayrim belgilari (aspiratsiya,
qayta aspiratsiya, singarmonizm, bo‗g‗izni qisish va shu kabilar) kiritiladi.
1
Ular
fonologiyada prosodik elementlar yoki prosodemalar deb ham yuritiladi. Yuqorida
sanab ko‗rsatilgan elementlar fonologik darajadagi vositalar deb qaralishi uchun
ularning fonologik funksiya bajarishlari shart, shundagina bunday vositalar
aksentema (urg‗u), intonema (intonatsiya), tonema(ton), sillabema (bo‗g‗in) deb
qaraladi.
1
Абдуазизов А.А. Суперсегмент фонология методлари // Баскаков Н.А., Содиков А.С, Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик.
Тошкент: Ўкитувчи, 1979. 63-бет.
|